Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Uslubiy kengash - odatda uslubiy kengash har oyda o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazishi 
rejalashtiriladi. Uslubiy kengash pedagogik kengashga bo‘ysunadi va kasb-hunar kollejlarida olib 
borilayotgan uslubiy ishlarni muhokama etadi. Unda o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy 
tavsiyalar, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, majmualar, dars ishlanmalari kabilarni amalga joriy etish 
masalalarini muhokama etib xulosalar beradi. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish 
va ommalashtirish maqsadida yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi. 
Uslubiy komissiyalar – har bir kafedra qoshida tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi 
tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlashda davlat ta’lim standartlari 
asosida ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini tanlashga oid uslubiy tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat. Shuningdek, ularda o‘qituvchilarning ijodiy ishlari muhokama etilib, amaliy 
ko‘mak ham beriladi.
Seminarlar, seminar-treninglarning maqsadi – o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar 
tomonidan o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik, fiziologik, gigiyenik
estetik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga amaliy yordam ko‘rsatishdan 
iborat. Odatda seminar mavzulari pedagogik jamoaning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Seminar-treninglarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u 
o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglarga dolzarb muammolarni tezkor hal etishga imkon beradi.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar - ilmiy ish natijalari, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish 
tajribalarini ommaviy muhokama etib, ularni amalga joriy etishga oid qarorlar qabul qilish 
maqsadida o‘tkaziladi.


121 
Shu o‘rinda konferensiyalar aniq mavzular, muammolar, yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil 
etilib, o‘tkazilishi ta’kidlash zarur. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling