Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Ilmiy pedagogik kengash ishining mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb –hunar ta’limi Markazi kabi boshqaruv 
idoralarining ta’lim – tarbiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarini bajarish 
yuzasidan kasb-hunar kollejlari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; 
tarbiya jarayoni mazmunini, respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot darajasi, 
istiqbollari, fan va texnikaning yutuqlari asosida takomillashtirish; 
 samarali talim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
 amaldagi o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 
 mahalliy sharoitni hisobga olib, mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni 
o‘rganish;
 kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash dasturini va uning 
bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish; 
 o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini, o‘tilayotgan mashg‘ulotlarning sifati, o‘quv 
predmetlari kesimida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish
 guruhlar kesimida ta’limiy–tarbiyaviy ishlarning holati to‘g‘risida o‘qituvchilarning 
hisobotini eshitish; 


120 
 turkum o‘quv predmetlari uyushmalari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish; 
 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish masalalarini 
ko‘rib chiqish va uning natijalarini tahlil qilish, sayoz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilim 
saviyasini ko‘tarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
 kasb - hunar kollejlarini boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirishga oid ilmiy asoslangan va 
amalda o‘zini oqlagan takliflar berish; 
 o‘qituvchi, muhandis–pedagoglarning faoliyatini ichki nazorat va davlat attestasiyasi 
natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga tavsiya etish
 o‘quvchilar safidan chiqarish, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish; 
 kasb - hunar kollejlarining rahbarlari, o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari tomonidan 
tayyorlangan 
ilmiy-uslubiy 
ishlanmalar, 
o‘quv 
qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik 
materiallarning dolzarbligini o‘rganib chiqib nashr ettirishga oid tavsiyalar berish
 yakuniy nazorat, davlat attestasiyasini yuqori darajada o‘tkazish va uning natijalarini 
tahlil qilish; 
 kollejning o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-amaliy ishlari va istiqbol rejalarini, moddiy-texnik 
va ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash;
 qabul komissiyasining hisobotini muhokama etish; 
 byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar sarf-xarajati hisobotlarini eshitish; 
 ta’lim muassasasining moliyaviy va xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq masalalarini 
muhokama etish; 
 o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, sport va yoshlarni chaqiriqqacha tayyorgarligiga oid 
davlat dasturlarini bajarish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va ularni takomillashtirish 
chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 
 o‘quvchilarning o‘qishi, yashashi va madaniy dam olishlari uchun yaratilgan 
sharoitlarni yaxshilash; 
 o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishini rivojlantirish
 yosh o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganish, ularga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish, 
malakasini oshirish kabilar. 
Pedagogik kengash kasb-hunar kollejlarida tashkil etilib o‘tkaziladigan uslubiy ishlarning 
muhimi bo‘lishi bilan birga kollej faoliyatini boshqarishda o‘ziga xos omil hisoblanadi. Ana shu 
bois ham biz keyingi faslda unga to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling