Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

1. Nazariy metodlar: ilmiy pedagogik manbalarni tahlil qilish, tahlil va sintez, induksiya 
va deduksiya, turlash (shajaralash), analogiya, taqqoslash kabilar. 
2. Empirik metodlarga ma’lumotlar olish va yig‘ish (kuzatish, suhbat, anketa 
so‘rovnomasi, test so‘rovnomasi va shu kabilar); ma’lumotlarga ishlov berish (matematik, statik, 
grafik, jadval); baholash metodlari (o‘zini-o‘zi baholash, reyting, pedagogik konsilium); 
pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish (tajriba-sinov ishlari, tajribaviy o‘qitish, 


134 
ommaviy o‘qitish) kabilar. Tadqiqotchi aniq shart-sharoit va vaziyatga binoan maqbul metodlar 
uyg‘unligini tanlaydi. Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatining prinsiplari, metod va usullarini bilish 
fanning metodologik asoslarini bilishni anglatadi.
Pedagogik jarayon yaxlit hodisa bo‘lib, unda biologik, ijtimoiy, individual va jamoaviy 
jihatlar murakkab o‘zaro munosabat hamda ta’sirda bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini 
harakatlantiruvchi kuch shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va takomillashtirishi hisoblanadi. 
Pedagogik jarayon ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish qonunlari haqidagi bilimlar 
asosida qo‘yilgan maqsadga uyg‘un holda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishdir. Pedagogik 
jarayon boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy – axloqiy va shu kabi jarayonlar bilan 
bevosita bog‘liq. Bo‘lib, u bevosita uning maqsadi, vazifasi, mazmuni, ishtirokchilarining 
hamkorlik faoliyati va natijalarida o‘z ifodasini topadi. 
Pedagogik jarayonga tashqi: tabiiy geografik, ijtimoiy, ishlab chiqarish, madaniy va shu 
kabi shart-sharoitlar ta’sir qiladi. Pedagogik jarayon o‘zining maqsadi, vazifalari, mazmuni, 
metodllari ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri, erishilgan natijasi bilan tavsiflanadi. 
Pedagogik jarayonning yaxlitligi maxsus o‘quv dasturiga binoan ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlar birligini ta’minlash bilan amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonning 
mazmun komponenti ma’lum o‘quv dasturlari bilan aniqlanib, insoniyat jamiyatining ijtimoiy 
munosabatlar, g‘oyalar, ishlab chiqarish, mehnat, fan va madaniyat sohalaridagi tajribalarini 
o‘zida mujassamlashtiradi. Pedagogikaning muammolarini tadqiq etishga ko‘p sonli ishlar 
bag‘ishlanganligi bois ularga batafsil to‘xtalib o‘tmadik. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling