Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
2.Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»i da fan bilan ta’lim jarayonining aloqalarini rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilgan va bu borada bir qator vazifalar belgilab berilgan. Fan bilan ta’lim jumladan, o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi jarayonining aloqalarini rivojlantirishda kasb (o‘rta-maxsus, kasb-xunar) ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi katta o‘rin tutudi. O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari, istiqbollari soxasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar tomonidan o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini o‘rganish va uni muvaffiqlashtirishni tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqib amaliyotda qo‘llashadi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi jarayonidagi keng ishtiroki ta’minlanadi va shu orqali, o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi-integrasiyasi yo‘lga qo‘yiladi, yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama kengayadi, ular Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyuldagi va 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan " Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonunlari hamda uning yangi mukammallashtirilgan varianti, 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” i amalga kiritildi. Bu xujjatlarda ta’limning jamiyatni ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - ma’naviy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilib, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va uni boshqarish tartibi, pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyati kabi masalalar qatorida fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish, ishlab chikarish va ta’lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirishning qonuniy asoslari va yo‘llari belgilab berildi. Respublika xalq ta’limining asosiy maqsadlari demokratik erkin davlat qurish, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish bilan bog‘langan. Zero, eski ta’lim - tarbiya tizimi bilan yangi jamiyat barpo qilib bo‘lmasligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham xalq ta’limi tizimining barcha sohalarida turli yo‘nalishdagi yangi rejalar, dasturlar, konsepsiyalar va nizomlar ishlab chiqilmoqda, respublikamizning porloq istiqbolini belgilab beradigan mukammal uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va uni takomillashtirish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar xalq ta’limi tizimida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Respublika pedagogika fanlari ilmiy - tadqiqot instituti, Respublika o‘quv – metodika markazi, pedagogika o‘quv yurtlari olimlari va ilg‘or o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim mazmunini yangilash sohasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. " Fan - texnika - ishlab chiqarish" tizimining har bir tarkibiy qismi ma’lum darajada mustaqil bo‘lib, ularning har biri fan - texnika taraqqiyotida o‘ziga xos vazifalarni bajaradi va aniq taraqqiyot qonuniyatlariga ega. 136 Fan ilmiy tadqiqotlar asosida - g‘oyalarni jamlaydi, texnika - uni yangi mashina va texnologiyada moddiylashtiradi, kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali mutaxassislar bilan ta’minlanadigan ishlab chiqarish o‘z navbatida fan , ilmiy tadqiqotlar va texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llaydi. O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari, istiqbollari soxasida ilmiy izlanishlar fundamental va amaliy fanlar doirasida olib borilganligi sabab ushbu fanlardan birortasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi omil bo‘lib, kasbiy ta’limni tadqiq qilishda "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish" tizimining asosiy bo‘g‘ini, " ishlab chiqarish jarayonini oddiy mehnat jarayonidan ilmiy tadqiqotlar jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish integrasiyasi ta’lim integrasiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, fan umumta’lim va maxsus ixtisoslik turkumidagi o‘quv predmetlari doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish manbalaridan biri hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy ilmiy bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni integrsiyalash g‘oyasi hisoblanadi. Ilmiy bilimlarni integrasiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi mazmun miyatini to‘laroq onglash uchun avvalom-bor “integrasiya” tushunchasining o‘zini ko‘rib chiqamiz. " Integrsiya" tushunchasiga integrasiyalanadigan obyektlarning mohiyatiga ko‘ra turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan: - "mamlakatlar integrasiyasi" tushunchasi ostida dunyodagi bir qancha mamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy - texnik hamkorligi; - "ishlab chiqarish integrasiyasi" tushunchasi orqali sanoat, agrosanoat yoki ilmiy - ishlab chiqarish majmualari tushuniladi. " Fanlar integrasiyasi" deyilganda esa bilimlar sintezining turli shakllari, tushuniladi. Umuman, ilmiy adabiyotlarda "integrasiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan "integrasiya - bu ayrim tarkibiy qismlarning yangi xossa hosil qilib bir butun birlashish jarayonidir". Pedagog olim V.P.Kuzminning xulosasiga ko‘ra, integrasiya - tizimli yondoshuvdan iboratdir. Chunki " tizim" - bir butunning obyektiv shakli, " integrasiya" esa ayrim qismlarning birlashish mexanizmi va natijasidir. Biz, " integrasiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan holda, bu jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikasiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy - metodologik o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz. O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integrasiyalash, integrasiyalash jarayoni" tushunchasi bilan bir qatorda" differensiyalash, differensiyalash jarayoni" tushunchasi ham uchraydi. Integrasiyalash va differensiyalash jarayoni inson tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir tomondan, olam - yagona butunlik sifatida, ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy o‘ziga xos turli xil tarkiblar sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini dialektik taqozo qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integrasiya va differensiasiya jarayonlarining o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi. Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi ikkinchisidan ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, integrasiya jarayoni differensasiya jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda. Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensasiyasi fan, texnika taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vazifani ilmiy bilimlar integrasiyasi jarayoni bajaradi. I.T.Frolov fikricha - " integrasiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi asosiy yo‘nalishdir". Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z navbatida tabiat va jamiyat taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir. 137 Hozirgi davrda ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va vositalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ularning shakllanish manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik, pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi ko‘p tushunchalarga umumiy ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling