3.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan
integrasiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda belgilab berilgandek ta’lim tizimi
barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim va umumiy
o‘rta ta’lim uzluksizligi va izchilligi hamda o‘zaro integrasiyasi davlat ta’lim standartlari
doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz
yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etgandan iboratdir.
Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini
ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I—IV sinflar), o‘pra
ta’lim (V -IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta
ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlangach ta’limni (I-IV sinflar), o‘rta ta’lim (V- IX
sinflar)ni qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim
olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni,
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni
shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan
baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy o‘rta ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini
ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
- maktabning I—IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik liseylar va kasb-xunar
kollejlaridan oldin va keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantikiy bog‘liqlikligi hamda biri
birini takrorlamasligini xisobga olinishi lozim;
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, izchilligi va integrasiyasi
ta’minlangan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini
didaktik jihatdan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |