Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan 
integrasiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda belgilab berilgandek ta’lim tizimi 
barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim va umumiy 
o‘rta ta’lim uzluksizligi va izchilligi hamda o‘zaro integrasiyasi davlat ta’lim standartlari 
doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz 
yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etgandan iboratdir. 
Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini 
ta’minlaydi. 
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I—IV sinflar), o‘pra 
ta’lim (V -IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta 
ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlangach ta’limni (I-IV sinflar), o‘rta ta’lim (V- IX 
sinflar)ni qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim 
olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni 
shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan 
baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy o‘rta ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini 
ta’minlash uchun quyidagilar zarur: 
- maktabning I—IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi 
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik liseylar va kasb-xunar 
kollejlaridan oldin va keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantikiy bog‘liqlikligi hamda biri 
birini takrorlamasligini xisobga olinishi lozim
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, izchilligi va integrasiyasi 
ta’minlangan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini 
didaktik jihatdan ta’minlash. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling