Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


- Mavzu: Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim va fan bilan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

 
30 - Mavzu: Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim va fan bilan 
integrasiyalash. 
Reja: 
 1.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash omillari. 
 2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integrasiyasi.
3.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi. 
1.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash omillari. 
Ma’lumki, O‘zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 9 – 
moddasida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yagona va uzluksizligi belgilab 
qo‘yilgan. 
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha xisoblanadi. U ijodkor, ijtimoiy faol, 
ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Uzluksiz ta’limni quyidagi prinsiplari asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi: 
- ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi
bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzililigi; 
- ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari 
mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi; 
- ta’limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga 
nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar 
ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining 
uyg‘unlashuvi; 
- ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, 
ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
- iqtidorli yoshlarni anglash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda 
fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Shulardan kelib chiqqan xolda Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan 
integrasiyalash omillarini belgilash mumkin. 


135 
Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan integrasiyalashning muhim omillari 
quyidagilardan iborat: 
- respublikaning demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan 
izchil ilgarilab borayotganligi; 
- O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yagona va uzluksizligi
-uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyalash puxta mexanizmlarinining 
ishlab chiqarilganligi va amaliyotga joriy etilganligi; 
-O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va 
obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling