Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli 
shakllarini amalga oshirish ahamiyati.

o‘quv rejalari va ish dasturlarning ishlab chiqarish korxonalari vakillari tomonidan 
ekspert baholashning mavjudligi hozirgi paytda ekspert baholash odatda boshqa kasb-hunar 
kollejlari vakillari tomonidan o‘tkaziladi. 
Ishlab chiqarish korxonalari vakillarining jalb etilishi o‘quv rejalari va dasturlari sifatini 
ancha oshiradi. 

Kasb-hunar kollejining kasb-hunar assosiasiyalariga a’zoligi. 
Kasb-hunar assosiasiyalarida ishtirok etish orqali o‘quv muassasasi uzviy ravishda ishlab 
chiqarish korxonalaridagi o‘z sektorida ijtimoiy hamkorlik tizimiga kiradi, axborot olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi, ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchun hamkorga aylanadi. 

Maslahat kengash ishida ishtirok etishi ta’limining turli darajalarga mansub kasb-hunar 
kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar assosiasiyalari, ta’lim va ishlab chiqarish 
korxonalari, boshqaruvi organlari, bandlik xizmatlari vakillaridan iborat bo‘lgan maslahat 
kengashi ijtimoiy hamkorlik tizimidagi eng samarali vositadir. Bunday kengashning 
mavjudligining o‘zi tizimning shakllanganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda ijtimoiy 


130 
hamkorlik tashabbuskori siftida kasb-hunar kollejlari namoyon bo‘layotgani tufayli maslahat 
kengashlari ko‘pincha ularning tashabbusi bilan tuzilyapti. 

Bandlik xizmatlari bilan aloqalar.
Bandlik xizmatlari bilan hamkorlik, ishsizlarni qayta tayyorlash haqidagi shartnomalarni 
tuzish, mehnat bozorining holati, u yoki bu mutaxassislarning talab etilishi haqidagi axborotdan 
foydalanish orqali amalga oshiriladi. 

Pedagog xodimlarning amaldagi ish joylarida doimiy stajirovkalari yuqorida sanab 
o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari o‘quv muassasasi xodimlarining o‘z ishlariga norasmiy baho 
berish, mazkur ishni ish beruvchilar, boshqa ijtimoiy hamkorlar nazarida baholash o‘ta muhimdir. 
Turli kasb-hunar kollejlarining sharoitlari bir xil emas, ijtimoiy hamkorlik tizimining rivojlanish 
darajasi esa ko‘p omillarga, shu jumladan, mintaqaning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasiga, 
iqtisodiyot sektorining holati va boshqalarga bog‘liq. Shu sababli faqat tizim, ko‘rsatkichlar 
yig‘indisigina pedagogik jamoaning ijtimoiy hamkorlikning o‘rnatilishi borasidagi say-
harakatlarining samaradorligini obyektiv manzarasini ko‘rsatib berishi mumkin. 
Shunday qilib, kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikning shakllantirilishi va rivojlantirilishi, eng 
avvalo, ta’lim muassasalari rahbariyatining tashabbusiga bog‘liq; 
2) ijtimoiy hamkorlikning samaradorligi ish beruvchilar bilan O‘MKHT tizimi o‘rtasidagi 
doimiy va tezkor aloqalar mavjud bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi; 
3) O‘MKHT da ijtimoiy hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi holatlar 
to‘sqinlik qilmoqda: 

respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv darajalarda kasb-hunar kollejlari bilan ish 
beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirning oqilona mexanizmi ishlab chiqilmaganligi;

O‘MKHT muassasalarining ish beruvchilar (ularning vakillari) bilan o‘zaro birgalikda 
faoliyat ko‘rsatish mexanizmi kadrlar tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar bilan ulardan 
oqilona foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan korxonalar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni 
kuchaytirish hamda kasb-hunar kollejlari dasturlarini korxonalarning o‘zgarib borayotgan 
malakaviy talablariga moslashtirish jihatdan ishlab chiqarishni davom ettirishga bo‘lgan muhtojlik; 

ish beruvchilarning o‘zlari uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iqtisodiy 
manfaatdorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqilmaganligi; 

ta’lim 
muassasalari 
tomonidan 
kadrlar 
tayyorlashning 
bozor 
boshqaruvi 
mexanizmlarining zaifligi faoliyat ko‘rsatmoqda; 
O‘MKHT muassasalarida ijtimoiy hamkorlik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ish 
beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabining shakllanish tamoyillariga ham bog‘liq ish 
beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabi quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi: 

korxonalar ishlab chiqarishning yangi xodimlardan yuksak bilimlarga va kasb-hunar 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiluvchi texnologiyalarni o‘zlashtirishi bilan; 

malaka talab qilmaydigan mehnat ulushining kamayishi va yuksak malakali xodimlarga 
bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan; 

ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanlik darajasining o‘sishi va xodimlarning 
oraliq kasblar va mutaxassisliklarni egallashlari zarurligini taqozo etishi bilan. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling