Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Ота-оналар ва улар ишлаётган ташкилотлар Давлат бошқарув органлари Маҳаллий ўз-ўзини бошқариш ташкилотлари (маҳалла) Касб-ҳунар соҳасидаги ҳамкорлик Таълим хизматлар бозорининг субъектлари Ёшлар ташкилотлари Бандлик хизмати Маҳаллий ҳокимият Касб-ҳунар коллежлар Иш берувчилар ва уларнинг ташкилотлари, корхоналар. муассасалар касаба уюшмалари 124 ish beruvchilarning yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlar tayyorlashdan manfaatdorligini rivojlantirish uchun huquqiy meyoriy asoslar ishlab chiqilmaganligi; mehnatkashlarning huquqlarini va shu jumladan, ularning ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kasb-hunar ta’limini olish hamda malaka oshirish huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari mavqeining zaifligi; yoshlar va aholining kasb-hunar ta’limidan manfaatdor bo‘lgan boshqa guruhlarining muammolari bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik jamiyatining ko‘ngilli tashkilotlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha tajribalarning yetarli darajada emasligi; mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari funksiyalari va moddiy imkoniyatlarining cheklanganligi kabilar. Yuqorida zikr etilgan va boshqa muammolarni hal etish uchun ma’lum ishlar amalga oshirilayotganligi va rejalashtirilayotganligini qayd etish zarur. Hamkorlar orasida muloqat yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligiga eng avvalo rahbarlarning hissasi katta. Kasb-hunar ta’limi sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy hamkorlik ishlarini shartli ravishda quyidagicha ikki guruhga ya’ni shartnomaviy va tashkiliy guruhlarga bo‘lish mumkin. Shartnomaviy shakl ikki va undan ortiq, yani ko‘p tomonlarning o‘zaro manfaatdorlik asosidagi hamkorligining barcha turlarini qamrab oladi, tashkiliy shakllar esa qo‘shimcha organlar – maslahat kengashlari va boshqalarni tashkil etish orqali faoliyat ko‘rsatadi. Kasb-hunar kollejlarining shartnomalardan foydalanishi avvaldan ma’lum, biroq, so‘nggi paytlarda ularning mavzu doirasi juda kengayib ketdi. Ilgari bunday shartnomalarning obyektlari quyidagilar sanalar edi: o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini tashkil etish; o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar stajirovkasi va ularning malakasini oshirish; tanlovlar va ko‘rgazmalarni birgalikda tashkil etish; korxonalarga axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish; marketing xizmatlarini ko‘rsatish; pudrat shartnomalari bo‘yicha ishlar bajarish; ilmiy tadqiqot va texnik-texnologik ishlarni amalga oshirish. Hamkorlikning tashkiliy shakllari ijtimoiy hamkorlar bilan o‘zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatishning ancha yuqori darajasi hisoblanadi. Ular maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan va ustav hujjatlariga hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan boshqa tartibga soluvchi hujjatlarga asoslanib harakat qiluvchi tashkiliy tuzilmalarni yaratishni taqozo etadi. Odatda bular ta’lim muassasalaridan_tashqari ta’limning boshqaruv organlarini, bandlik xizmati, ish beruvchilar, kasaba uyushmalarini o‘z ichiga oluvchi kengashlar (maslahat kasb-hunar vasiylik) va boshqalardir. Kengashlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini shartli ravishda ikki kesimda guruhga ajratish mumkin: maslahat va vasiylik. Shunga muvofiq ravishda ijtimoiy hamkorlik tashkiliy tuzilmalarining asosiy turlari deb maslahat va vasiylik kengashlarini ko‘rsatish mumkin. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikning rivojlanishiga xalaqit berayotgan yoki uning rivojlanishiga xizmat qilmaydigan muammolarni ham shartli ravishda quyidagi ikkita guruhga bo‘lish mumkin: tashqi shart- sharoit bilan bog‘liq muammolar va ta’lim muassasasining ichki muammolari. Muammolarning birinchi guruhi tashqi muhit o mill arini ng ta’siri natijasida vujudga keladi va ulardan ta’lim muassasasi uchun belgilovchi ahamiyatga ega omil kasb-hunar ta’limi sohasida davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajalarda o‘tkazilayotgan siyosatdir. Tashqi omillarning ta’siri obyektiv bo‘lib, ta’lim muassasalari tomonidan tartibga soluvchi ta’sirga juda oz bo‘ysunadi. Ijtimoiy hamkorlikni tashkil etishning ichki omillari jumlasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasining o‘ziga, uning ta’lim xizmatlari bozorida o‘zining yangi mavqeini anglab yetishga va qabul qilishga, eng avvalo, kasb-hunar ta’limi rivojining mehnat 125 bozori talablarini qondirishga qaratilgan yangi paradigmasini qabul qilishga, ikki yoqlama va ko‘p yoqlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishga tayyor ekanligiga bog‘liq. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling