Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalari -
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28 – Mavzu: Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Reja
- 3.O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati. 4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli shakllarini amalga oshirish ahamiyati.
Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalari - kafedralar qoshida hamda kollejlar miqyosida
tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi dolzarb va istiqbolli muammolarni ijodiy hal etishdan iborat. Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalarida har bir o‘qituvchi o‘z ijodiy ishlarini amalda ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi va pedagogik jamoaning ijodiy faolligini oshiradi. Xulosa qilib aytganda, kasb-hunar kollejlarida an’anaviy va noan’anaviy uslubiy ishlardan uyg‘un holda foydalanish, o‘quv-meyoriy ho‘jjatlarni takomillashtirish, ta’limni jadallashtirish, samarali ta’lim texnologiyalarini amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq qilish kabilarga imkon beradi. 28 – Mavzu: Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Reja: 1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi. 2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari. 3.O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati. 4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli shakllarini amalga oshirish ahamiyati. 1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlik – deganda jamiyat yoki malum ommaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga oid faoliyat bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘mak berish tushiniladi. Ijtimoiy muloqot ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishning asosiy mexanizmi hisoblanib, u ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-marifiy, texnik- texnologik va shu kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Hayotiy tajribalar va tahlillarimiz ijtimoiy hamkorlik bevosita kasb-hunar ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, hamkorlikni teng huquqliligi, manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Manfaatlarni muvofiqlashtirshda eng avval moddiy rag‘bat sifatida ish haqi, tomonlar kelishishi, shart-sharoit, tomonlar burchi va huquqlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan ishlab chiqiladi va u ish beruvchilar va kasb-hunar kollejlari bilan cheklanib qolmasdan, boshqa ko‘plab tomonlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Chunki tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi: yuqori malakaliligi, keng ixtisosligi, yangi shart-sharoitga tez fursatlarda moslashishi, mustaqilligi, ishbilarmonliligi, faolligi, ijodkorligi kabilar bozor munosabatlari sharoitida mutaxassisni ijtimoiy himoyalash omillari sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, yuqorida sanab ko‘rsatilgan xislatlar kasbiy tayyorgarlik ko‘rish jarayonida shakllanishi zarur. Bunga faqat davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ bilan to‘liq erishish imkoniyati mavjud emasligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Shuning uchun ham mustaqil respublikamizda kechayotgan tub o‘zgarish va bozor munosabatlari bilan uyg‘un (mos, 123 mushtarak, adekvat) likni ta’min etuvchi ijtimoiy hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga joriy etish zaruriyatini taqozo etmoqda. Ishlab chiqarishning mutaxassis kadrlarga qo‘ygan talablari shubhasiz kasb-hunar ta’limida asosiy mo‘ljal (maqsad va vazifa) bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayonda bevosita inson omilini ishtirok etishi o‘z navbatida ijtimoiy muloqot, munosabat va o‘zaro kelishuvni talab etadi. Ishlab chiqarish korxonalarining kasb-hunar kollejlari faoliyatidagi o‘rni kerakli materiallar, uskunalar, dastgohlar bilan ta’minlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish kabi o‘ta muhim muammolar bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois bugungi kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy sabablarni bahona qilib, hamkorlikda ishtirok etmayaptilar. Hamkorlik kichik korxonalar kesimida deyarli mavjud emas. Mavjud holat “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ham bajarilishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy holdir. Shuning uchun ham kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda oliy va o‘rta maxsus ta’limi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, ularning joylardagi organlari, bandlik masalalari bo‘yicha xizmatlar, ish beruvchilar, hokimlik, kasaba uyushmalari , fuqarolarnig o‘z- o‘zini boshqarish organlari (mahalla) kabilarni bu ishga jalb etish vaqti allaqachon yetgan. Bu hamkorlikni ta’min etish bilan kasb-hunar ta’limining nufuzi ko‘tarilib, mavqei ham mustahkamlanishi mumkin. Tahlillarimiz natijasi kasbiy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda quyidagilar o‘ziga xos to‘siq bo‘layotganligidan darak bermoqda: kasb-hunar ta’limi sohasidagi boshqaruv va pedagog kadrlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatishga tayyor emasliklari; korxonalarning mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonidagi ishtirokining keskin pasayib ketishi; Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling