Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negazida o‘qish muddati uch yil 
bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turi bo‘lib 
unda - akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan 
ixtiyoriy tanlanadi. 
Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning imkoniyatlari va 
qizikishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, so-halashtirilgan, 
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. 
Bu ta’lim turida o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, 
texnika, agrar va boshka soxalar) bilim saviyalarini oshirish xamda fanni chukur o‘rganishga 
qaratilgan maxsus kasb-xunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar 
va bu ko‘nikmalarni biror bir oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida 
qo‘llashlari mumkin. 
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilarning kasb-
hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar 


138 
bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish 
imkonini beradi. 
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ta’limning keyingi 
bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi diplom beriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida umumiy o‘rta ta’limning kasbiy ta’lim bilan 
izchilligi va integrasiyasini ta’minlavchi integrasiyalashgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar 
berish uchun quyidagilar zarur: 
- umumiy o‘rta ta’lim negazida ta’limni davom ettiruvchi akademik liseylar va kasb-hunar 
kollejlar faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun umumiy o‘rta ta’lim va oliy 
ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini ta’minlovchi ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-
uslubiy majmualar ishlab chikish; 
- akademik liseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun 
ixtisoslashtirilgan va integrasiyalashgan dasturlar ishlab chikish va joriy etish. 
Kasb ta’limining oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida” 
gi qonunda belgilab berilgandek ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy 
ta’limning uzluksizligi, izchilligi hamda o‘zaro integrasiyasi davlat ta’lim standartlari doirasida, 
tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling