Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Kasb-hunar ta’limida pedagogik tadqiqotlarning guruhlanishi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. Kasb-hunar ta’limida pedagogik tadqiqotlarning guruhlanishi 
Olimlar tomonidan ilmiy pedagogik tadqiqotlar quyidagicha uch guruhga bo‘linishi 
e’tirof etilgan: 
I. Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bu umumlashtiruvchi konsepsiyalar natijasida buyuk 
yutuqlarga erishiladi, avval noma’lum bo‘lgan qonuniyatlar bog‘liqlik asosida o‘z yechimini 
topadi. 
II. Amaliy (tajriba-sinov) harakteridagi tadqiqotlar. Ta’lim-tarbiya jarayonining 
alohida qirralarini chuqur o‘rganish, avval shakllantirilgan qonun va nazariyalardan amaliy 
foydalanish shart-sharoitlarini aniqlashga yo‘naltiriladi. 
 III. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan. Tadqiqotlar avvaldan ma’lum 
bo‘lgan nazariy qoidalarni hisobga olgan holda aniq tavsiyalarni ilmiy uslubiy jihatdan asoslash. 
Bunday tadqiqotlar asosan alohida o‘quv predmetlarini o‘qitishni takomillashtirish sinfdan va 
ta’lim muassasasidan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni imkon qadar samarali o‘tkazishni ko‘zda 
tutadi. Har qanday pedagogik tadqiqotlar eng kamida quyidagicha to‘rt bosqichni o‘ziga qamrab 
oladi: 
1. Tayyorgarlik bosqichi (tadqiqot dasturini tuzish, maqsad va vazifalarni belgilash, 
muammolarning nazariy va amaliy holatini aniqlash maqsadida manbalar bilan tanishish, o‘z 
farazini ilgari surish, tadqiqot bosqichlarini belgilab olish); 
2. Asosiy tadqiqotchilik tanlangan metodik majmuani qo‘llash; 
3. Miqdoriy va sifat tahlili bosqichi- olingan ma’lumotlarni qayta ishlash; 
4. Yakuniy bosqich - tadqiq etilayotgan pedagogik jarayonning kechishini tavchiflovchi 
sabab, omil shart - sharoitlari o‘rnatiladi, tushuntiriladi va umumlashtiriladi.  
3. Kasb-hunar ta’limining pedagogik tadqiqot prinsiplari: obyektivlik, ilmiylik; 
tizimlilik, tarixiylik, uzviylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. 
Pedagogik tadqiqotlar metodlari: ma’lumki, har qanday ilmiy bilish jarayoni quyidagicha 
uch o‘zaro aloqador tarkibiy qismlardan tashkil topadi; bilish obyekti, o‘rganuvchi subyekt va 
bilish metodi, ya’ni tadqiq etish instrumetariysi. 
Metod (grekcha nimagadir erishish yo‘li) maqsadga erishish usuli, ma’lum ma’noda 
tartibga keltirilgan faoliyat kabi umumiy ma’nolarni anglatadi. 
Pedagogik tadqiqotlar metodlari, tadqiqotchi tomonidan real pedagogik voqelik 
haqidagi dalil va ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil etish usullaridir. 
Pedagogik tadqiqot metodikasi deganda metodlar yig‘indisi, aloqadorligi va ulardan foydalanish 
ketma-ketligi tushuniladi. Tadqiqot metodlaridan majmuaviy foydalanish bizni subyektiv 
ta’sirdan xalos etadi. 
Pedagogik tadqiqot metodlari amalda nazariy va empirik turlarga bo‘linishi olimlar 
tomonidan e’tirof etilgan. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling