Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Maxsus  Kasbiy vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarishda o‘zi va o‘zgalar ishini  obyektiv baholash.  Kognitiv


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Maxsus 
Kasbiy vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarishda o‘zi va o‘zgalar ishini 
obyektiv baholash. 
Kognitiv 
Muntazam ravishda o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga tayyorgarlik, 
shaxsiy imkoniyat- larini dolzarblashtirish va amalga joriy etish, mustaqil 
ravishda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zini 
doimo rivojlantirishga intilishi va shu kabilar. 
Professionalizm (kasbiy yetuklik)ning eng yuqori darajasi kasbiy mahorat hisoblanib, u 
kasbiy faoliyatning mohirlik cho‘qqilarini zabt etishni ko‘zda tutadi. 
Boshlang‘ich (elementlar) kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, qisqa 
muddatli maxsus o‘quv kurslarida ma’lum tor ixtisoslikni egallashga imkon beradi. O‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, tanlagan 
kasbi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallashni ta’minlaydigan o‘qish muddati uch yillik 
ta’limdir. 
Oliy kasb-hunar ta’limi - yuqori malakali mutaxassislarni ikki (bakalavriat va magistratura) 
bosqichda tayyorlaydi. 
Kasb-hunar ta’limining tarixan vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagi omillar bilan 
asoslanadi: 
- mehnat sohalarining bo‘linishi, jismoniy va aqliy kasblar sonining ortishi; 
-urbanizasiya, ya’ni jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshishi; 
-fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining yaratilishi hamda 
tezkorlik bilan amaliyotga joriy etilishi kabilar. 
Ijtimoiy institut sifatida kasb-hunar ta’limi tizimi quyidagi uch asosiy vazifani bajaradi, 
bular: ta’limiy (ta’lim, tarbiya berish, shaxsni rivojlantirish), iqtisodiy (mehnat bozorida 
raqobatlasha oladigan kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash) va ijtimoiy-madaniy (ijtimoiy faol, 
mustaqil holda izlanuvchan faoliyat ko‘rsatuvchi ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirish). Bu 
vazifalar kasb-hunar ta’limining rivojlanish tarixida minglab yillar davomida shakllangan. Sharq 


17 
pedagogik tafakkuri antologiyasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va xalq hunarmandchiligi 
tarixiga oid manbalar tahlili bunga misol bo‘la oladi. 
Bu haqda X.X. Tllashev, A. Ismoilov, M.M. Hayrullayev, I. Xusanxo‘jayev, N. Boboyev, 
B.G. G‘ofurov A.X. Qosimjonov, M.X. Xursandov, X.F. Rashidov, D.A. Zohidova, X. Homidiy 
va ko‘plab shu kabilar vatandosh olimlar tomonidan nashr ettirilgan ishlarda muhim ma’lumotlar 
keltirilgan.Shu o‘rinda Rossiyada tashkil etilgan dastlabki ta’lim muassasalari qatoriga Pyotr I 
tomonidan tashkil etilgan navigasiya maktabi, artilleriya maktabi (1712), harbiy feldsherlik 
maktabi (1754), san’at bilim yurti (1783), o‘qituvchilar seminariyasi (1786) kabilarni ko‘rsatish 
mumkinligi rus pedagog olimi V.D. Purin tomonidan ta’kidlangan. 
Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda 
ta’limning mumtoz (klassik) umumiy va oliy turiga qo‘shimcha yangi yo‘nalishini shakllantirish 
muammosi kelib chiqdi. Y.A. Komenskiy, Djon Lokk, J.J. Russo va D. Didro kabilar ham maktab 
o‘quv rejalariga amaliy bilimlarni kiritish zaruriyatini ko‘rsatib o‘tganlar zero, hozirgi paytda 
kasb-hunar ta’limi global, umumjahon xarakterga ega bo‘lgan hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Shuningdek, yaxlit kasb-hunar ta’limi tizimining paydo bo‘lish tarixi
mehnat qurollari ishlab chiqishga tirikchilik buyumlari, talablarini ortib borishi bilan 
bog‘liq. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling