18
1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining IX sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonunining va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» ning qabul qilinishi mamlakatda amalga oshirilayotgan
demokratik va iqtisodiy
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini keng ko‘lamda isloh qilishning
ibtidosi bo‘ldi.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash milli dasturi» «Ta’lim to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining qoidalariga muvofiq holda milliy tajribaning tahlili va ta’lim
tizimidagi jahon
miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy
va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish
mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga
qodir kadrlarning yangi
avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Mazkur dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida,
yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy
tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish qo‘yidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
«Ta’lim to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim
tizimini isloh
qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat
muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui
sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz
Do'stlaringiz bilan baham: