Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kasbiy ta’lim pedagogikasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kasbiy ta’lim pedagogikasi kasb-xunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi,
tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovasion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy ta’lim pedagogikasi fani insonni kasbiy faoliyatga tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi. Kasbiy ta’lim pedagogikasi jahon miqyosida tan olingan eng ilgor metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fannshg boshqa sohalari bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda. Kasbiy ta’lim pedagogikasi umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy - texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi fan sohasi sanalib, 3 bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy ta’lim pedagogikasi o‘z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini tashkil qiladi. Kasbiy ta’lim pedagogikasi fani boshqa faylar bilan birgalikda kasbiy ta’limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: * o‘quvchilarning yangi, yanada murakkab vazifalarni amalga oshirishlarini ta’minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi; * kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash; * pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish; Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling