Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul ilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur»i asosida O‘zbekistan Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy saloxiyati va umuminsoniy kadriyatlariga xamda xozirgi zamon madaniyati, itisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Ta’limning «O‘zbek modeli» dunyoga keldi, bu model xalqaro mikyosda eng obro‘li mutaxassislar tomonidan tan olinmoqda. ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida xar kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-xunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash xuquqiga ega. Akademik liseylar va kasb-xunar kollejlari egallangan kasb-hunari bo‘yicha ishlash xuquqini beradigan, xamda ta’limni navbatdagi bosqichda davom yettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik lisey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chukur, tabaqalashtirilgan va kasblarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-xunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. «Ta’lim trisida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dastur” ni amalga oshirishning asosiy maqsadi: O‘rta maxsus, kasb-hunar talimi o‘quv yurtlarida tubdan islox qilingan, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etilgan ta’lim asosida, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Ushbu maqsadni, amalga oshirish quyidagi vazifalarni xal etish orqali bajariladi: -«Ta’lim to‘g‘risida» gi O‘zbekistan Respublikasi qonuniga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb- hunar talimi tizimini islox qilish, davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash soxasida raqobat muxitini shakllantirish negizida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini yagona o‘quv - ilmiy - ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish orqali ishchi-mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash; -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik xuquqiy davlat kurilishi jarayonlariga moslash; -o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi muassasalarini oliy ma’lumotli, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; -o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuklaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish ; - uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - kadrlar tayyorlash soxasida o‘zaro manfaatli xalqaro xamkorlikni rivojlantirish. 4 Kasb-xunar kollejlari jixozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jixatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari xisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-xunarni egallash xamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imqonini beradi. Akademik liseylar va kasb-xunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling