Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


I d ye a l p ye d a g o g


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

I d ye a l p ye d a g o g 
14-jadval 
Mutaxassis 
Ishchi 
Inson 
Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik 
mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani 
bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyala-rini 
qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish, 
mehnatni oqilona tashkil eta bilish 
malakasi. 
Ishga muhabbat, o‘quvchilarni sevish. 
Insonga
ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy 
aql-zakovat, sabr- 
toqat, kelajakka ishonch. 
O‘zini tuta bilish, izlanuv -chanlik
reaksiyalarining
aniq va tezligi, ko‘ngilchan-lik, bolalarni 
tushunish, bolalar bilan ishlash, xohishi, 
nutqining 
aniq 
va 
ishonchliligi, 
talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik, 
tashkilotchilik 
malakasi, 
muloqotga 
kirishuvchanlik, 
birovlarni 
tinglay 
olishlik. 
Maqsad qo‘yib unga erisha 
olish. Muntazam va rejali 
ravishda malakasini oshira 
borish, 
mehnat 
unumdorligini 
oshirishga 
inti-luvchanlik. 
Ijodkorlik 
qobiliya-ti: har tomonlama 
ma’lumotlilik, mantiqiy fikr 
yuritish, kelajakka ishonch. 
Ishlash 
ishtiyoqi. 
Ishiga 
(kasbiga) sadoqat, jamoada 
ishlash 
malakasi, 
tirishqoqlik, 
tartib- 
intizomlilik, faollik, ishlab 
chiqarish 
vaziyatlariga 
yo‘naltirilganlik, 
ishlarni 
taqsimlay olish malakasi. 
Javobgarlikni o‘ziga olishga 
tayyorgarlik. 
Yuqori 
axloqiy 
sifatlar 
jamoatchi-lik 
hayotida 
faol 
ishtirok 
etish. Faol hayotiy nuqtai 
nazar (pozisiya), har doim 
va har qachon shaxsiy 
o‘rnak, davlat qonunlariga 
hurmat, milliy g‘urur, 
vatanparvarlik, 
vatanini 
himoya qilishga tayyorlik, 
mustahkam 
sog‘lik, 
sog‘lom 
hayot 
tarzi, 
insonparvarlik, 
ma’naviylik, muloqotga 
kirishuv chanlik, oqillik, 
o‘ziga 
nisbatan 
talabchanlik va tanqidiy 
munosabatda bo‘lish. 
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim sohasida 
“mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi 
kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va 
o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi. 


62 
Ta’lim sohasida mutaxassislik eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning mehnati 
qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi 
bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma 
va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi. 
Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati tomonidan 
to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni rivojlantirish uchun yaratilgan 
shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus 
tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini 
rivojlantiradi. 
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning 
mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir 
tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida 
shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik 
faoliyatning asosiy obyektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va ularning 
individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita quyidagi ijtimoiy 
pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar 
faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish. 
Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik, pedagogik va 
ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy 
maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini 
ta’minlashdan iborat. 
Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir 
bo‘ladi: 
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi 
subyekt-obyekt 
munosabatlari; 
pedagogik 
o‘zaro 
tasir jarayonidagi subyekt-subyekt 
munosabatlari. 
Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida o‘quvchilarga ta’sir 
ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq. 
Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat usullarini 
qiyoslaydi. 
Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir o‘quvchining 
individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, 
jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur, Bundan 
pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy 
mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi. 
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling