Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi
O‘qituvchi tomonidan uzatilishi va o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga imkon beruvchi omillar 
tizimiga pedagogik jarayon deb ataladi. 
Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlar sirasiga uning ishtirokchilari
maqsadi, mazmuni kiradi Chunki bu tarkibiy qismlar (komponentlar)siz ta’lim-tarbiya va 
rivojlanish jarayoni meyorida kechishi mumkin emas. 
Demak, pedagogik jarayonda o‘quvchi bilimi, va shaxsiy fazilatlaridagi o‘zgarishlar bosh 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun ham kasbiy ta’lim-tarbiya ishi shunday tashkil etilishi 
zarurki, unda imkon qadar belgilangan maqsadga erishilsin, buning uchun empirik tasavvurlar va 
hayotiy tajribalar bilan chegaralanib qolish kamlik qiladi. 
To‘laqonli kasbiy ta’lim maqbul vaqt davomida belgilangan o‘quv materialini o‘quvchilar 
tomonidan talab darajasida har tomonlama chuqur va puxta o‘zlashtirilishini ta’minlab, jamiyat 
taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shuvchi yuqori malakali, keng ixtisosli, 
raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashni anglatadi. Bundan kasb-hunar ta’limining aniq 
maqsadga yo‘nalganligi kelib chiqadi. Ana shu maqsadga yo‘nalganlik o‘z navbatida jamiyat 
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, kasb-hunar ta’limi o‘ziga xos ijtimoiy vazifani 
bajaradi. 
Kishilik jamiyatining turli tarixiy davrlarida kasb-hunar ta’limining maqsadlari, mazmuni, 
hajmi, xarakteri, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari turlicha bo‘lgan. 
Kasbiy ta’lim mazmunining hajmi kishilik jamiyati tajribalari, madaniyati ko‘lamiga, 
xarakteri esa uning darajasi, yo‘nalishi va eng avvalo jamiyat tuzilmasiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan 
jamiyat maqsadi, talab va ehtiyojlari, orzu- umidlariga binoan kasbiy ta’lim-tarbiya mazmuni, 
uning tarkibi va yo‘nalishi aniqlanishi kelib chiqadi. 
Kasbiy ta’lim jarayonida o‘quvchilar ta’lim (o‘quv materiali) mazmunini o‘zlashtiradilar. 
Bu mazmun qancha kam va tushunarli bo‘lsa, kasbiy ta’lim-tarbiya jarayoni ham unga mos holda 
qisqa bo‘ladi. Lekin bu jarayon samaradorligi aniq boshlang‘ich va so‘nggi holatiga ko‘ra 
baholanadi. Umuman, ta’lim-tarbiya, shuningdek, kasb-hunar ta’limi jarayoni murakkab jarayonlar 
turkumiga mansubligi e’tirof etilgan. Chunki o‘quv materialining o‘zlashtirilishini ta’min etuvchi 
psixik jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas. Ular to‘g‘risida o‘quvchilarning 
tashqi ko‘rinishlari (hatti -harakatlari) va natijaga binoan xulosa chiqarish mumkin xolos. Shuning 
uchun ham kasb-hunar ta’limining mohiyatini tushunish uning qonuniyatlari va qoidalarini bilishni 
talab etadi. 
Biz kasbiy ta’lim mazmuni deganda pedagogik tilda o‘z ifodasini topgan jamiyat to‘plagan 
tajribalarni tushunamiz. U bir paytning o‘zida ta’lim maqsadlari, o‘zlashtirish obyekti, ta’lim-
tarbiya natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar ta’limi jarayonida maqsad, mazmun, 
o‘zlashtirish qonuniyatlariga mos aniq maqsadlar shaklida o‘quvchilar oldiga vazifa sifatida 


65 
qo‘yiladi. O‘quvchilar vazifalarning mohiyatini anglab, unga mos o‘quv-bilish faoliyatini amalga 
oshiradilar. Natijada o‘quvchilarning ongli, faol, mustaqil o‘quv-bilish faoliyati orqali o‘quv 
materialini o‘zlashtirilishiga erishiladi. 
O‘qituvchi o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali o‘quvchilarning o‘quv-bilish 
faoliyatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zlashtirish natijalari esa, o‘z navbatida 
keyingi xatti-harakatlar xarakterini belgilaydi. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilar oldiga 
ma’lum maqsadlarning qo‘yilishi bilan boshlanadi. Maqsadning qo‘yilishi va uning qabul qilinishi 
turlicha kechishi mumkin. Eng avvalo u diqqat-e’tiborini qaratish, eshitish, ko‘rish, ushlab ko‘rish, 
xatti-harakat usullarini bajarish, ya’ni idrok (his) etish darajasida amalga oshiriladi. Keyinchalik 
maqsadlar murakkablashib, turli vazifalar, savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, amaliy xarakterdagi 
ijodiy ishlarni bajarish darajasigacha oshib boradi. Maqsadlarni o‘quvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yoki bevosita talabalar ehtiyojlari, ya’ni materialning yangiligi, o‘quvchining mustaqilligi, o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi kabilarni hisobga olgan holda qo‘yish zarur. 
Ta’limning keyingi bosqichi yangi axborotni idrok etish va mohiyatini tushunishni tashkil 
etishdir. Idrok etish turli yo‘llar bilan tashkil etiladi, unda avvalgi o‘zlashtirilganlarga tayanish va 
kelgusilariga ishora qilish holatlari bir paytning o‘zida kechadi. Bunda yangi materialni tashkil 
etish turlicha: induktiv, deduktiv yoki traduktiv kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Keyingi bosqich idrok etilganni xotirada saqlash, yangi axborotlarni mustahkamlashdir. 
Lekin o‘qituvchi uchun har doim o‘zlashtirish jarayoni qanday kechayotganligini bilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘z navbatida teskari aloqani amalga oshirish zarur. Teskari 
aloqa faqat o‘qituvchiga o‘zlashtirish natijalarini aniqlash uchungina emas, balki o‘quvchilar 
uchun o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘qib-o‘rganishga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish uchun zarur. 
Shuning uchun ham o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonining muhim 
bosqichi sifatida e’tirof etiladi. 
Yuqorida zikr etilgan barcha bosqichlar birgalikda kasbiy ta’limning yaxlitligini ifodalaydi. 
Shuningdek, bu barcha bosqichlar ochiq- oydin o‘zini ko‘rsatadi, degan ma’noni anglatmaydi. Real 
ta’lim jarayonining u yoki bu bo‘lagida (bosqichida) ular o‘rin almashishi va turli darajada 
namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holat pedagogik mantiqqa tegishlidir. Ta’lim jarayonini harakatga 
keltiruvchi kuch sifatida jamiyatning yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh kadrlarga 
bo‘lgan talabi bilan ularni haqiqiy tayyorgarlik darajasi orasida ziddiyatlar e’tirof etilgan. Bu
ziddiyatli holatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida barcha ko‘rinishda ta’lim mazmunini 
o‘zlashtirish va o‘quvchini shakllantirish qonuniyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 
Demak, kasb-hunar ta’limida jamiyat talablari asosiy omil hisoblanadi. Ularsiz kasbiy ta’lim-
tarbiya jarayoni bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Jamiyatda yosh avlodni tayyorgarlik 
darajasiga qo‘yilgan talablar kasbiy tayyorgarlik natijalarini baholash uchun o‘ziga xos meyor va 
mezon vazifasini o‘taydi. Har doim ham talab bilan tayyorgarlik darajasi bir-biriga mos 
bo‘lavermaydi, bunday holat o‘z navbatida uzoq tarix davomida isbotlangan va muntazam ravishda 
rivojlanib boruvchi tajribalarni tez fursatlar ichida o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning 
uchun ham har doim zikr etilgan ziddiyatli holat kasb ta’limini harakatlantiruvchi kuch sifatida
xizmat qiladi. Bu ziddiyat turlicha shaklda o‘z ifodasini topishi mumkin. Har bir shaxsga kasbiy 
ta’lim berishda harakatga keltiruvchi kuch, bir tomondan unga qo‘yilgan talab, ikkinchi tomondan, 
undagi imkoniyat va motivlar orasidagi ziddiyatlar hisoblanadi. Ma’lumki, motivlarsiz kasbiy 
ta’lim jarayoni amalga oshmaydi. Demak, o‘quvchilarning motivasiyasi ziddiyatlarning muhim 
komponentidir. 
Kasbiy ta’lim o‘qituvchi-o‘quvchi, faol o‘quv-bilish faoliyati hamda ta’lim mazmunining 
o‘zaro ta’siri, aloqadorligi jarayonida sodir bo‘ladi. Aynan mana shu holat ta’limning ikki 
tomonlamaligi, ya’ni mazmuniy va jarayoniy jihatlarining yaxlitligini ko‘rsatadi. 
O‘zlashtirish ilgarigi tajriba bilan yangisini, yangi axborot bilan avval anglangan 
axborotlarni bir-biriga qo‘shilishidir. O‘zlashtirish ijtimoiy tajribani shaxsiy mulkka aylanishini 
anglatadi. O‘zlashtirish tartibsiz va maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishi mumkin. Agar 
katta yoshlilar bolalar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib ma’lum obyekt xususiyatlarini tushuntirsa, 
maqsadga muvofiq o‘zlashtirish jarayoni kechgan bo‘ladi. Maqsadga muvofiq o‘zlashtirish ham 
o‘z navbatida mustaqil va maxsus tashkil etilgan jarayonda amalga oshadi. 


66 
Psixologik jarayonlar: idrok etish, fikr yuritish, xotira va uning natijasi o‘laroq o‘zlashtirish 
ham ma’lum faoliyat ko‘rinishidir. 
Yetuk psixolog olim L.S. Vigotskiy fikricha, individning mehnat faoliyati, eng avvalo 
qurollarni anglab, jamoaviy tajriba to‘plash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tajribani yosh 
avlod tomonidan o‘zlashtirish doimo idrok etish orqali kechadi. Shunday qilib, ma’lum materialni 
o‘zlashtirish shart-sharoitlari va vositasi avvalo tashqi moddiy, so‘ngra ichki (psixologik) 
faoliyatlarni birlashish (tutashish) joyida sodir bo‘ladi. 
Idrok etish har qanday o‘zlashtirishning boshlang‘ich va zaruriy sharti hisoblanadi. U eng 
avvalo moddiy xatti-harakatlarda, so‘ngra esa moddiylashtirilgan tasvirlarda, obyekt sari yoki 
belgilarda kechadi. 
Idrok etish, tasavvur hosil qila olish va undan bilim, ko‘nikma va malaka darajasiga 
rivojlantiriladigan mazmunga binoan o‘zlashtirish darajalari farqlanadi. Pedagogik psixologiyada 
tushunchalar, ko‘nikma, malaka fikrlash usullari farqlanadi. Bu faoliyatning har bir turi o‘ziga xos 
o‘zlashtirish usullarini talab etadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish: dalillarni idrok etish, fikrlash va xotirada saqlash jarayonida
kechadi. Har qanday o‘zlashtirish jarayonining zaruriy komponenti xotirada saqlash hisoblanadi.
Turli vaziyatlarda avval o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish xotirada ularni mustahkamlaydi. 
Bilimlar, ma’lum tartibga solinsa, boshqa bilimlar bilan qonuniy bog‘lansa, tizimli bilimning 
ma’lum bo‘lagiga aylansa to‘laqonli o‘zlashtiriladi. Bunday holda material hajmi o‘zlashtirishga 
to‘siq bo‘lmaydi. Bilimlar qancha aniq bo‘lsa, sezgi tajribalari o‘zlashtirishga asoslansa, 
ko‘rsatmalilikning roli shuncha ortadi. Sezgi organlari kancha chegaralangan, axborot mavhum va 
umumlashgan bo‘lsa, unga mos ravishda o‘quvchidan yuqori darajadagi umumlashtirish va 
mavhumlashtirish faoliyati talab etiladi. Lekin har qanday umumlashgan faoliyatning asosi aniq 
dalil, tushuncha tizimidan tashkil topadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling