Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari. 
Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad – ularning 
kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilgor 
ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular 
asosida kasb-hunar kollejlarini tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga 
o‘rgatishdan iboratdir. 
Talabalarni korxona ustaxonalarida o‘qitish – malakasi kichik mutaxassislarni 
tayyorlashdagi xal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu yerda talabalar ishlab chiqarish holati, yangi 
jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar. 
Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni bajarishda muxim 
ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, texnologik jarayonlarni rejalashtirish 
mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli maxsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib 
chiqishlariga yo‘naltirilgan. 
Korxonalarda o‘qitish vaqtda o‘quvchilarda ishga bo‘lgan talablarni to‘g‘ri tushunish, 
uning hususiyatlari va bajarilish shartlarini hisobga olish, o‘z mehnatini tashkil qilish va 
rejalashtira bilish, kamchiliklarning oldini olish, texnologik jarayonlarni hamda mehnat 
unumdorligini oshirish uchun o‘z bilimlaridan to‘la foydalana bilishda o‘z aksini topuvchi kasbga 
oid mus-taqillik to‘liq tarkib topadi. Kasbga oid mustaqllik yosh avlodda tarbiyalanishi kerak 
bo‘lgan mehnat natijalariga yuksak ma’naviy javobgarlikni his qilish, kasb sharafini his etish bilan 
birikib ketadi. 
O‘quvchilar yuqori malakali ishchilar va ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan har kuni 
muomalada bo‘lar ekanlar, ularning tajribalarini o‘zlashtiradilar, korxonaning ijtimoiy va ishlab 
chiqarish hayoti bilan tanishadilar, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarish rejasi va 
korxonaning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini bajarishdagi faoliyatida faol ishtirok etadilar. 
Har bir kasb va mutaxassislik bo‘yicha bevosita korxonada o‘qitish hajmi, mazmuni va 
muddatlari mutasaddi tashkilotlar tamonidan tasdiqlangan o‘kuv dasturlariga muvafiq belgilanadi. 
KXK o‘quv rejaga muvofiq korxonalarda ishlab ishlab chiqarish amaliyotiga ajratiladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling