Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Dual ta’lim tizimining quyidagi qator ustunliklari mavjud


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Dual ta’lim tizimining quyidagi qator ustunliklari mavjud: 
o‘qitish jarayoni bevosita amaliyot bilan birgalikda olib boriladi., Unda ta’limning 
taxminan 40%ga yaqin nazariy bilim berilsa, 60%dan ziyodrog‘i bevosita ishlab chiqarish 
korxonalari yoki qishloq xo‘jalik bilan bog‘liq sohalarida olib boriladi; 
o‘qish jarayonini tashkil qilishda tahsil oluvchilarning kasbiy malaka olishga bo‘lgan talab 
va ehtiyojlari jadal suratda amalga oshiriladi
o‘qish bevosita ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshirilganligi sababli 
moliyalashtirish mexanizmi yengillashadi; 
o‘qish jarayoniga korxonalar jalb qilinganligidan ijtimoiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi 
sababli kuchli siyosiy aloqadorlik usulini paydo bo‘lishiga olib keladi; 
- xalq xo‘jaligining davlat tuzilmasi, shuningdek, nodavlat xususiy tadbirkorlik nuqtai 
nazaridan ham foydali moliyaviy usul hisoblanadi. 
- xalq xo‘jaligining rivojlanishida zarur bo‘lgan o‘rta pog‘onada malakali kadrlarning 
bandlik darajasi yuqori bo‘ladi. 
Ayni paytda dual ta’lim usuli kamchiliklardan xoli emas: 
- ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarga kasb-hunar sirlari nisbatan tor ixtisoslik 
doirasida - o‘qitilganligi uchun jamiyatda va xo‘jaliklarda ishlash uchun keng imkoniyat 
yaratilmaydi; 
- birgina yo‘nalishda malaka oshirilgani sababli ular yaqin ikkinchi bir yo‘nalishga 
moslashuv mexanizmi cheklangan
- kasb - hunar ta’limini amalga oshirish o‘ziga xos berk xarakterga ega; 
- tor mutaxassislik berilganligi mutaxassis shaxsning tashabbuskorligi va erkinligi 
chegaralangan bo‘ladi; 
- taklif qilinayotgan o‘quv muassasalarini ishlab chiqarish korxonalarining smeta 
xarajatlariga bog‘liqligi uchun ko‘p sondagi tinglovchilar malaka oshirishdan foydalana olmaydi. 
1 - rasmdan ko‘rinib turibdiki, dual tizimda kasb-hunar ta’limini amalga oshirishda o‘quv 
muassasasi va zavod bir paytning o‘zida shartnoma tuzadi. Shartnomaga asosan o‘quvchi bevosita 
reja asosida haftada 3-4 kun zavodda real ishlab chiqarish sharoitda amaliyotni o‘taydi. 
Korxonadagi ta’lim 
Kasb-hunar kollejdagi 
ta’lim 
О‘qitish tо‘g‘risida 
shartnoma 
Majburiy darslar 
Rejaga kо‘ra ta’lim tartibi 
Ўқув режалари 
Korxonada imkoni boricha real 
sharoitda amaliyotni о‘zlashtirish
Kasbga bog‘liq nazariy bilimlar va 
maxsus fanlardagi amaliyot 
Korxonalar kasb-hunar birlashmalari yoki 
boshqa organlar bilan birgalikdagi bitiruv 
imtixoni
Maktabni bitiruvchi imtixoni 


86 
Ikkinchi tomondan maktabda ayni shu tanlagan kasbiga doir fanlar bilan bir qatorda 
majburiy fanlarni o‘quv dasturlar asosida bilim yurtida o‘qib nazariy va amaliy bilimlarga ega 
bo‘ladilar. 
Zavod bilan maktab va KXKlarning hamkorligi bo‘lajak kichik mutaxassisni ish joyi bilan 
ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Odatda kasb-hunarning turiga, murakkabligiga bog‘liq holda 
o‘qish muddati 2 - 3,5 yilni tashkil qiladi. 
O‘qish tamom bo‘lgandan keyin o‘quvchi bitiruv imtihoni topshiradi. Bitiruv imtihonida 
maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda korxona vakillari ishtirok etadilar.
Bu esa, bitiruvchining bilim, ko‘nikma va malakalari haqida korxona vakiliga aniq xulosa 
qilish imkoninini beradi.
Ayni paytda bitiruvchining imtihoni yaxshi baholanishi unga korxonada o‘z o‘rnini 
topishga omil bo‘ladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling