Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ishlab chiqarish amaliyoti


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Ishlab chiqarish amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy 
bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Agar korxona o‘z bazasidagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti o‘quvchilarining 
barchasini o‘quv dasturlari va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi ish o‘rinlari bilan 
ta’minlay olmasa, o‘quv yurti bilan karxona o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqarish 
ta’limini boshqa korxonalarda o‘tkazishga ruxsat beriladi. 
Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash. 
O‘quvchilarning korxonalarda ishlab chiqarish ta’limini muvaffaqiyatli o‘tashlari uchun 
korxonalarda o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqarish va nazariy jihatdan tayyorlash ishlari 
o‘tkaziladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni, albatta korxonadagi yong‘inga qarshi tadbirlar, 
xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari bilan tanishtirish lozim. 
Ishlab chiqarishda o‘qitish boshlanishida bir oy oldin o‘quv yurti korxona bilan ishlab 
chiqarishda o‘qitishga yuborilayotgan o‘quvchilarning miqdorini (Kasblar bo‘yicha) aniqlab xar 
bir o‘quvchi o‘quv dasturi hamda ishchining malaka darajasiga muvofiq keluvchi malaka 


87 
tavsifnomasi talablarida nazarda tutilgan barcha mustakil ishlarni bajarishni o‘rganishi uchun 
ishlab chiqarish ta’limini o‘tkazish grafigini belgilaydi. 
Xavfsizlik texnikasi injeneri yoki uning vazfasini bajaruvchi shaxs o‘quvchilarni texnika 
xavfsizligi qoidalari va yong‘inga qarshi tadbirlar bilan tanishtiradi. O‘quvchilar ish 
boshlashlaridan oldin sex, uchastka ma’muriyati ma’lum ish o‘rnida o‘quvchilar bilan (aloxida-
aloxida, brigada, guruh shaklida) tegishli suhbatlar o‘tkazadi. Ishlab chiqarish ta’limini qayd qilish 
jurnalida, suhbat o‘tkazilgan sana, uning mavzusi va unda ishtirok etgan o‘quvchilarning 
familiyalari yozib qo‘yiladi. 
Zarur hollarda korxona yoki tashkilot o‘quvchilarni ish joyiga olib kelish va ishdan 
olib borib qo‘yishni o‘z hisobidan (yoki o‘z transport vositalari bilan) ta’minlaydi. 
O‘quvchilarga o‘quv dasturi talablarida nazarda tutilgan kerakli malakani egallashlarida 
korxona ma’muriyati tegishli yordam berishi muhimdir. Buning uchun o‘quv ustasi katta usta 
bilan birgalikda korxona rahbarlari va ishlab chiqarish ma’sularini kasbga oid xarakteristika 
(malaka tavsifnomasi) va o‘quv dasturlari mazmuni bilan tanishtirishi lozim. Ana shular asosida 
ish o‘rinlari tanlanadi va joylashtirish belgilab chkqiladi.
Ish o‘rinlarini tanlashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi barcha ish o‘rinlarining iloji boricha 
sexda kompleks tarzda joylashgan bo‘lishini, o‘quvchilar ishlashlari uchun kerak bo‘lgan jihozlar 
tutash mutaxassisliklari bo‘yicha bajaradigan turli ishlarning xarakteriga muvofiq kelishini, hamda 
ishlarning asta-sekin murakkablashtirishga imkon berishni nazorat qilib boradi. Uchastka va ish 
o‘rinlaridagi texnologik jarayonlar ishlab chiqarish texnologiyasining hozirgi zamon talablariga 
javob berishi, ishlarning hajmi guruxdagi barcha o‘quvchilarni band qilishi kerak. O‘quvchilar 
uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari xavfsizlik texnikasi talablarga javob berishi kerak. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling