Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar 
ishining mazmuni 
O‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash sifatiga javobgar bo‘lgan mustaqil 
bo‘linma (tashkiliy shakli va kimga buysunishdan qat’iy nazar) sifatida, o‘quv jarayonini 
boshqarish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat va boshqa kasbiy tayorgarlikning zaruriy darajasini 
ta’minlaydigan faoliyatlarni amalga oshiradi. 
O‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi; 

o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni olib borish; 

o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur mazmunini belgilash

korxonalar, bandlik xizmatchilar, xududiy boshqaruv organlari va boshqalar bilan 
sharnoma asosida ishchilar tayyorlash hajmlari va kasb-malaka tuzilmalarni belgilash; 

qo‘shimcha tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va boshqa xizmatchilarni 
amalga oshirish uchun korxonalar, hamda tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish

mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish; 

o‘quv moddiy bazani kelgusida rivojlantirishini hisobga olib, moliyaviy mablag‘larni 
taqsimlash va sarflash masalalarni mustaqil hal qilish. 
Mustaqil O‘zbekiston davlatini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy mustaqilligini 
ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash 
sifatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv kadrlarini tayyorlashda oliy ta’lim 
muassasalarining roli katta, albatta. Kasbiy oliy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri, bozor 
munosabatlari sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni o‘quvchilarda 
zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, xo‘jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo‘llay 
oladigan, shuningdek rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy 
bilimlar berishdan iboratdir. 
Barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining roli muhim 
ahamiyatga ega. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv apparati va ular orasidagi 
bog‘lanish tushiniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi bir-biri bilan bog‘langan teng huquqli 
birikmalar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirilishi uning tizimi deyiladi. 
Tashkiliy qism bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
boshqaruvchi tizim, subyekti tashkiliy tuzilishining shakli demakdir. U boshqaruv tizimining 
negizi sifatida maydonga chiqadi va kadrlar bilan boshqarishni tashkil qilish rasmiy qoidalarini 
tartibga soladi. Ana shuning uchun ham uning boshqaruv tizimidagi roli benihoya kattadir. 
Ma’lumki, birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunning 10-moddasida ta’lim turlari 
bayon etilgan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar 
ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga olishi nazarda tutiladi.
Qonunning 28-moddasida «Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim 
muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari 
tashkil etilishi mumkin» deb takidlangan. Shunday ekan, ushbu ta’lim muassasalarining bir turi 


92 
bo‘lgan kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarini ham uning rahbari (direktor) boshqarishi belgilab 
qo‘yilgan. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini o‘quv yurti rahbari (direktor) bilan 
birga uning muovinlari boshqaradi. KXK larda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha muovinlari akademik liseydalarda esa 
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovinlvri faoliyat yuritadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling