Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimiyatlar) quyidagi funksiyalarni


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimiyatlar) quyidagi funksiyalarni 
bajaradilar: 

ta’lim muassasalarni faoliyatining mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; 

ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika 
tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar

o‘z hududlardagi ta’lim muassasalarni vakolat doirasida moliyalash miqdorini va 
imtiyozlarini belgilaydilar; 

ta’lim sifatida va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan 
davlat talablariga rioya etilishni ta’minlaydilar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari Qoraqolpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari tarkibida tashkil etiladi va bir 
vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi (Markaz)ga 
bo‘ysunadi. 
Ular o‘z tuzilmasiga va shtatlar soniga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradilar; 
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarish 
va uslubiy ta’minlash; 
- davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish
- akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarining qurilishi binolar va inshoatlarni qayta 
tiklashni tashkil etish va nazorat qilish
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini iste’molchi korxonalar bilan (ularning 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) mujassamlashuvini, patronat va vasiylikni tashkil etishni 
ta’minlash; 
- xududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda, mavjud akademik 
liseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta o‘zgartirish, hamda yangi tashkil etish bo‘yicha takliflar 
tayyorlash; 


91 
-ta’lim muassasalarni darsliklar, o‘quv adabiyotlar va didaktik materiallar, shuningdek 
kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va jihozlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasining keyingi bo‘g‘ini o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limini o‘quv yurtlari xisoblanadi. 
Xududiy boshqaruv organlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasiga qo‘yiladigan 
talablarga o‘quv yurtlari tomonidan rioya qilinishga javob beradilar va ularni nazorat qiladilar, 
lisey va kollejlarga ularning faoliyatlarini rivojlantirishda kerakli tashkiliy-huquqiy yordam 
ko‘rsatadilar, hudud, ishlab chiqarish va o‘quv yurtlarining rivojlanish manfatlarini 
muvofiqlashtirishga imkon beradilar. 
Shunday qilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasi uch darajali 
hisoblanadi (respublika, hududiy va nuqtali-o‘quv yurti). 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling