Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Dars turlari va ularning tuzilishi


Download 361.83 Kb.
bet20/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Dars turlari va ularning tuzilishi. Darsda bilimlarning о‘zlashtirilishi, malaka va kо‘nikmalarning hosil qilinishi murakkab, qarama-qarshi jarayondir.

О‘quv materialini о‘rganishning turli vazifalari, yо‘llari, usul va formalari vujudga keladi, buning natijasida darsning juda kо‘p turlari, uning har xil variantlari paydo bо‘ladi.
Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng kо‘p qо‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
О‘tilgan materialni mustahkamlash darsi.
О‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini tekshirish darsi.
Takroriy-umulashtiruvchi dars.
Aralash dars.
Ta’lim jarayonida eng kо‘p qullaniladigan dars yangi bilimlarni bayon qilish darsidir.
Bu darsning tuzilishi quyidagicha:
Darsni tashkil qilish.
Yangi bilimlarni bayon qilish.
Yangi bilimlarni mustahkamlash.
Yangi bilimlar ustida mashq о‘tkazini.
Yangi bilimlarga bog‘liq uy mashg‘ulotlari berish.
Darsni yakunlash.
Dars turlarining о‘zgarishi bilan darsning tuzilishida ham о‘zgarishlar bо‘ladi. Masalan, dars turlari uyg‘unlashgan darslarida darsning hamma elementlari mavjuddir:
Darsni tashkil qilish.
Uy topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash.
Yangi mavzuni bayon qilish.
Yangi mavxuni mustahkamlash.
Uy topshiriqlari berish.
Darsni yakunlash.
Ta’lim tizimida, takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham kо‘p qо‘llaniladi.
О‘qituvchi dasturning ma’lum bir qismi, yirik mavzular о‘tib bо‘lingandan sо‘ng bunday darslar uyushtiriladi.
Bu dars bilimlarni oraliq nazorat orqali baholashda ham xizmat qiladi.
Nazorat savollari:
1.Ta’limning tashkiliy masalalari nima?
2.Dars turlari va ularning tuzilishi qanday?
Test
1. Maqasadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham
о‘qituvchi, ham о‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular q о‘ygan
maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni nimaga bog‘liq?
a) texnologiyaga
b) metodga
c) usulga
d) axborot vositasiga
2. Keys-stadi inglizcha ……., …… sо‘zlarining birikuvidan hosil qilingan
bо‘lib, aniq vaziyatlarni о‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega
natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir Nuqtalar o`rniga mos
so`zlar toping
a) case-aniq vaziyat, stadi-ta’lim
b) case- topshiriq , stadi- yechish
c) case-kopmleks , stadi- mashg`ulot
d) case- metodik, stadi – qo`llanma
3. Interfaol metodlar berilgan to`g`ri qatorni belgilang?
a) leksiya-diskussiya;treninglar; keys-stadi;
b) keys-stadi; bunker , «aqliy xujum»;
c) tank, grafik-organayzerlar; treninglar
d) brifinglar , leksiya-diskussiya, keys-stadi
4. Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi о‘qituvchi faoliyatining qanday
bosqichlari mavjud
a) Tayyorgarlik bosqichi; Asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish;
Tahliliy, baholovchi bosqich:
b) Kirish bosqichi; keys-texnologiyasini ishlab chiqish ; yakunlovchi bosqich
c) Tayyorgarlik bosqichi; keys-texnologiyasini ishlab chiqish; hulosa chiqarish
bosqichi
d) Tayyorgarlik bosqichi;keys-texnologiyasini ta`lim jarayonida qo`llash ;
Tahliliy, baholovchi bosqich:
5. О‘quvchilar tomonidan keysni yechish nechta bosqichlari mavjud ?
a) 3 ta bosqich
b) 5 ta bosqich
c) 4 ta bosqich
d) 2 ta bosqich

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling