Guliston davlat universiteti musurmanov. A. A agrokimyoviy tekshirish usullari


Download 1.8 Mb.
bet15/42
Sana03.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1322198
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-agrokimyo tekshirish usullari

3

Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beradi .
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.

O’qituvchi-talaba,
40 minut

4

Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
- O’rganilayotgan omillarga qarab tajriba turlari
- O’tkazish muddatiga qarab tajriba turlari
- Geografik va ishlab chiqarish tajribalari
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi .
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut

REJA:


1. O’rganilayotgan omillarga qarab tajriba turlari
2. O’tkazish muddatiga qarab tajriba turlari
3. Geografik va ishlab chiqarish tajribalari


TAYaNCh TUShUNChALAR:
Stasionar, doimiy, ko’p omilli, bir omilli, murakkab, kompleks, vaqtinchalik, qisqa muddatli, ko’p yillik, geografik, ishlab chiqarish, tajriba, dala, tur.
savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga dala tajribalari va ularning turlari, ahamiyati bilan tanishtirish, ularni qiziqtirish.
Identiv o’quv maqsadlari;
1.1Dala tajribalarini turlarini izohlab bera oladi.
1.2 Dala tajribalarining o’tkazish muddatini va ahamiyatini sanab beradi.


O’g’itlar bilan qo’yilgan dala tajribalari o’zining tavsifi, o’rganilayotgan masalalar miqdori, tajriba davomiyligi va joyiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin:
Stasionar (doimiy) - ilmiy tashkilot va tajriba dalalarining maxsus ajratilgan doimiy uchastkalarida qo’yiladi.
Bir omilli (oddiy) tajribalar - bitta agrotexnik fonda bitta omil o’rganiladi (o’g’it, tuproqqa ishlov berish yoki ekish usuli va shu k.).
Ko’p omilli (murakkab, kompleks) - bir omil har xil fonda (o’g’it turi, shakli, dozasi, qo’llash usuli va muddati, ishlov berish, ikki xil o’tmishdosh va shu k.) o’rganiladi. Ko’p omilli tajriba yagona mantiqiy farq prinsipi bo’yicha o’tkaziladi va bir nechta bir faktorli tajribalarni o’z ichiga oladi. Ammo bu bir faktorli tajribalar bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’ladi.
Vaqtinchalik (qisqa muddatli, uchuvchan) tajriba - o’rganiladigan tadbirning shu jumladan o’g’itning ta’siri va keyingi ta’sirini baholash uchun 1-3 yil davomida o’tkaziladi.
Ko’p yillik tajribalar - ular stasionar (uzoq muddat davomida bir joyda o’tkaziladi) va stasionar bo’lmagan (uzoq vaqt davomida har yili yangi uchastkalarda o’tkaziladi) tajribalarga bo’linadi. Ko’p yillik o’rganishni yoki bir nechta almashlab ekish rotasiyasini talab qiladigan muhim agrokimyoviy tadbirlar yoki agrokomplekslar (almashlab ekish, monokultura, o’g’itlash tizimi va shu k.) tadqiqot qilinganda ko’p yillik tajribalar qo’yiladi. Ba’zan texnologik tadbir, shu jumladan o’g’it samaradorligi va har xil yillarning iqlim sharoiti (ayniqsa, lalmikor sharoitda) o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlashda bunday tajribalar qo’yiladi. Bu tajribalarning asosiy vazifasi muntazam ravishda amalga oshiriladigan agrokimyoviy tadbirlar yoki komplekslarning o’simlik mahsuldorligi va tuproq unumdorligiga ta’siri, keyingi va o’zaro ta’sirni o’rganishdir. Bu tajribalar natijalari qisqa muddatli tajriba va kuzatishlar asosida yuzaga kelgan tasavvurimizga muhim o’zgarish kiritadi. O’zbekiston hududida bir nechta uzoq muddatli stasionar tajribalar bor. Rossiya bo’yicha eng uzoq muddatli stasionar tajriba akademik D.N.Pryanishkovning va professor A.G.Doyarenko tashshabusi bilan 1912 yil Petrov (TKXA) akdemiyasi dehqonchilik kafedrasining tajriba dalasida qo’yilgan eksperimentdir. Hozirgi paytda ham davom etayotgan tajribada o’g’it, almashlab ekish va monokultura o’rganilmokda. O’zbekiston paxtachilik ilmiy tekshirish institutida 50 yildan ortiq muddat davomida g’o’za yakka hokimligi bo’yicha tajribalar o’tkazilmokda. Chet elda o’tkazilayotgan ko’p yillik tajribalardan Askovada (Daniya) organik va mineral o’g’itlarni qiyosiy baholash bo’yicha o’tkazilayotgan 80 yillik tajribalar va Rotamsted tajriba stansiyasida (Angliya) monokulturada ekinlarni o’g’itlash bo’yicha qo’yilgan 150 yillik tajribalarni qayd qilib o’tish kerak.
Geografik - umumiy mavzuga birlashgan bir xil mazmunli tajribalar bir vaqtda har xil jo’g’rofik va tuproq-iqlim sharoitida o’tkaziladi. Bu tajribalarning asosiy vazifasi agrotexnik tadbirlar, jumladan, o’g’itlar ta’sirini zonalar bo’yicha har xil tuproq-iqlim sharoitida o’rganish. O’g’itlar, nav sinash bo’yicha o’tkazilayotgan jo’g’roik tajribalar ma’lum. Ularning hammasi halq xo’jaligining muhim vazifalarini yechadi va O’zbekiston hududida o’g’itlar, ekinlar, navlarni to’g’ri joylashtirish uchun ilmiy asoslangan ma’lumotlarni beradi.
Ishlab chiqarish tajribalari - bu ilmiy asoslangan kompleks tadqiqot bo’lib, bevosita ishlab chiqarish sharoitida o’tkaziladi va ishlab chiqarish vazifalarini yechishga, uni doimiy rivojlanishiga va takomillashishiga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish tajribasi konkret xo’jalik sharoitida ilmiy kashfiyotni, yangi texnikani, kimyolashtirish vositalari va boshqa omillarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkoniyatini o’rganadi. Agar ishlab chiqarish tajribasini fan va ishlab chiqarish xodimlari hamkorlikda o’tkazsalar bu tajriba agronomik bilimni oshirishda va iktisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bu tajribalar tajribaviy-namunaviy xo’jaliklarda, kishlok xo’jalik institutlarining o’quv-tajriba xo’jaliklarida va odatdagi xo’jalik dalalarida o’tkaziladi.


MUSTAQIL ISh UChUN SAVOLLAR

  1. Stasionar tajribalar nima?

  2. Ko’p yillik tajribalar qanday tajribalarga bo’linadi?

  3. Geografik tajriba nima?

  4. Ishlab chiqarish tajribalari nima?

MA’RUZA № 5


MAVZU: DALA TAJRIBASINING TARKIBIY QISMLARI


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling