Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
emotsiyalarning namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xoslik
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
emotsiyalarning namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xoslik
, ya’ni, inson xulqining qanchalik hissiyotlarga boyligi yoki aksincha namoyon bo‘lishi undagi tezoblik, taassurotlarga beriluvchanlik, loqaydlik, jizzakilik, beparvolik, achchig‘ining tezligi kabilarni keltirib chiqaradi; ➢ shaxsning intellektual-aqliy xususiyatlarining namoyon bo‘lishi - xarakterdagi zakovatlilik, aql, farosat, topqirlik, qiziquvchanlik, zehn kabilar va ularga teskari xususiyatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Xarakterda o’zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida tarkib topishni ta’minlovchi psixologik vositalar inson «Men»ining tavsiflovchi poydevori hisoblanadi. Ta’limni rivojlantirish xizmatlari talabalarni o’quv dasturlarida yana ham ko’proq muvaffaqiyatlarga erishishlariga qaratilgan. Universitet yoki fakultet miqyosidagi ta’lim rivojlantirish xizmatlari maqsadi talabalarni bilim olishlarini kuchaytirishga va ularni ko’nikmalarini har xil strategiyalar orqali rivojlantirishga mo’ljallangan, xususan konfidentsial maslahat va uchrashuv, maslahat markazlari, mahsus kurslar, individual va guruh yig’ilishlari, akademik kurslarni integral ta’minlash – bularning hammasi 85 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 89-b. 154 o’qituvchi va boshqa yordamchi xizmatlarni rolini ideal tarzda birlashtiruvchi yondoshuv yaratish uchun qaratilgan. 86 Xarakter xususiyatlarining paydo bo‘lishi, uning tabiati, o‘zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzoq davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo‘lib xisoblanadi. Bundan tashqari, xarakter xususiyatlari shaxsning temperamenti, qobiliyatlari va yo‘nalganligi bilan ham bog‘liq. Temperamentdagi ayrim kamchiliklarni odam o‘z kasbi, tanlagan hayotiy tarziga qarab, mos ravishda xarakterini tarbiyalash orqali o‘zgartirishi, hech bo‘lmaganda, muayyan hayotiy vaziyatlarda o‘zini o‘zi boshqarishi mumkin bo‘ladi. Kasbiy psixologiyada qobiliyatlar muammosiga juda katta e’tibor va ahamiyat beriladi. CHunki kasb-hunarni tanlash, egallash va uni ro‘yobga chiqarish orqali o‘z individualligini namoyon etish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga egadir. Psixologiyada qobiliyatga shaxsning individual-psixologik xususiyati sifatida quyidagicha ta’rif beriladi: Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Qobiliyat turlari quyidagilar: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling