221
➢
ijtimoiy institutlar – ta’lim
va tarbiya tizimi; oiladan boshlab,
to oliy
o‘quv yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi
maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;
➢
muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu
o‘rinda
ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan
muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi.
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning o‘z “Men”ini
to‘la ifoda
eta olishi, o‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini o‘z kamoli va
odamlar manfaatiga bo‘ysundira olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa
aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka ko‘nikish, ahloqan past ketishliklar),
sadizm
(o‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bo‘lishga intilish, odamlarni qo‘rqitish, ular
ustidan zo‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (o‘z nochorligidan qutulish
uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik),
konformizm (o‘z “Men”idan voz kechib bo‘lsa ham o‘zgalar
hukmiga itoat
etishga o‘rganib qolish) kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
O’g’lim Mishel endi gapira boshlaganda va har narsaga qiziquvchan
bo’lganida, men “bolalarning qanday o’rganishini” talabalarimga isbotlash
uchun Mishelni ilmiy psixologiya darsiga olib kelishga qaror qildim.
Topshiriqlarimning birida men uzun shisha idishdan keng likopchaga suv
quydim. Men unga shishadagi suv miqdori bilan likopchadagi suv miqdori bir
xil bo’lishini aytdim. U menga biroz g’alati boqdi, lekin nazarimda u dastlabki
miqdor bir xil turganiga qarshi chiqolmagan edi.
Biroq, darsning oxirigacha u o’zining fikrida turdi: qachonki likopchaga
quyilgan suv shisha idishga quyilayotganiga taqqoslanar ekan, bu yerda oz suv
bo’ladi dedi u.“ O’rganish” uchun ko’plab isbotlash!
117
61-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: