Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
AQSHda kasbga yo’naltirish
o’quvchilarning kasblar bo’yicha axborotlarga ega bo’lishni ta‘minlash, kelajakda maqbul kasbni tanlab, ishga kirishlariga yordam berishdan iboratdir. O’quvchilar turli mutaxassisliklar mazmuni bilan tanishib, mehnat o’qituvchilaridan maslahat oladilar. Kasbga yo’naltirishda «Gaydens» psixologik-pedagogik xizmatining yo’lga qo’yilishi muhim o’rin tutadi. 27 Kanadada xalq xo’jaligining 22 tarmog’i bo’yicha 315 kasb guruhlariga jamlangan mutaxassisliklar yuzasidan dastur mavjud bo’lib, shu asosida yoshlar kasb tanlaydilar. Rossiyada yoshlarni kasbga yo’llash ishlari mehnat va xalq ta‘limi tizimiga bo’ysunadi. Talabalar ta’limini qo’llab-quvvatlashda eng muhim aspektlardan biri talabalarni o’z bajarayotgan ishlari bo’yicha qayta aloqa olishlaridir. Semestrli tizim doirasidagi odatdagi xato, bu talabalarni semestr oxirida ularni baholangan ishlari baholar va o’qituvchini qisqa izohi bilan qaytarilganda faqatgina ular qanday yaxshi yoki yomon natija olganliklarini bilishlaridir. Bu paytga kelib, biron bir chora ko’rish kech bo’ladi. O’qituvchini nuqtai nazaridan, katta sonli talabalar guruxida bir semestr doirasida qisqa vaqt ichida talabalarga qaratilgan qayta aloqani ta’minlash qiyindir. Ushbu muammoga oson javobni o’zi yo’q lekin ba’zi bir taklif qilingan yechimlar quyidagidan iborat bo’lishi mumkin. Talabalar o’zlarini baholanadigan yakuniy ishlarini bir qismini kursni yarmida topshiradilar, yoki ular o’z ish rejalarini topshiradilar. Alternativ holda, baholanadigan ishni bir kichik qismi ertaroq topshirilib, uni qaytib olish sanasi yakuniy ishni tamomlashdan oldin belgilanadi. Ba’zi fanlarda onlayn baholashni qo’llash mumkin, bunda ishlar elektron tarzda belgilanib, talabalarga shu zahotiyoq ularni natijalari qayta jo’natiladi. Bunday baholash talabani o’z vaqti doirasida amalga oshiriladi, va qayta aloqa avtomat ravishda bajariladi. O’z o’zini baholash xam foydali bo’lishi mumkin ta’lim bo’yicha qayta aloqani ta’minlash uchun, agar ular yaxshi tuzilgan bo’lsa, baholash mezoni yaxshi tushunilsa, masalan bularni talabalar bilan mulohaza qilinsa. 11 Angliya maktablarida kasbga yo’naltirish o’quv jarayonining maxsus qismidir. O’rta o’quv muassasalarida asosiy ishni kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislar bajaradilar. Ular o’quvchilarga o’z qobiliyatlari va qiziqishlariga mos ta‘lim yo’nalishini tanlash ishida yordam beradi. Kasbga yo’naltiruvchi xizmatlari bilan mustahkam aloqada bo’ladilar. Ular biror kasb egasiga qo’yiladigan talablarni guruhlashlari va maktab bitiruvchilarining kasbiy imkoniyatlarini to’g’ri baholashlari kerak. Kasbga yo’naltiruvchi o’qituvchilardan o’quvchilarga individual yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuvni ta‘minlash uchun o’qituvchilar har bir o’quvchi uchun shaxsiy ma‘lumotnoma yuritadilar, unga doimiy ravishda o’quvchining o’zlashtirishi, umumiy va jismoniy rivojlanish sharoitlari haqidagi ma‘lumotlar kiritib boriladi. Bundan tashqari ma‘lumotnomada anketa, test, suhbat natijalari ham o’z ifodasini topadi. O’quvchilar shaxsini o’rganishda mustaqil tavsiyalar metodi, ya‘ni o’smir va uning hayot borasidagi o’y-fikrlariga tayaniladi. 11 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 120,121. 28 Oliy Ta’lim Sifatini Ta’minlash bo’yicha Agentlik kvalifikatsiya xarakteristikalariga asosan, odatda muvaffaqiyatli, oliy pog’onadagi talabalar dalillarni tanqidiy baxolash, farazlar tuzish, abstrakt kontseptsiyalar va ma’lumotlar tuzish, baholash, muammoni yechish yo’lida kerakli savollarni shakllantirish, yoki muammoni echimi uchun bir qator yechimlarni aniqlash borasida qobiliyatga ega bo’lishlari mumkin” (QAA, 2001). Ba’zida biz o’ylashimiz osonki, talabalar tahlil, tanqidiy tushunish, interpretatsiya, baholash, dalillar keltirish kabi terminlar nima anglatishini biladilar deb. Ushbu terminlarni ma’nosi mahsus fanlarga tegishli bo’lib, masalan bir fan doirasida o’qituvchilar talabalardan ushbu terminlarni o’z ishlarida qo’llashda har xil natijalar kutishlari mumkin. Natijalar va baholash mezonlari yordamida ko’proq ochiqlikka erishish mumkin, lekin shu narsa, o’qituvchilar etarli vaqt ajratib talabalar bilan ushbu terminlarni ma’nosi haqida suhbat qurishlari va ani shu terminlarni qo’llab talabalar bilan qayta aloqa o’rnatishlari zarur. 12 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling