Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Ta’limdagi ustuvor yo’nalishlar va moddiy-texnik ta’minoti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ijtimoiy-madaniy omillar
- 2. Pedagogik omillar
Ta’limdagi ustuvor yo’nalishlar va moddiy-texnik ta’minoti
Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta‘limga juda katta etibor qaratilgan va turli-tuman ko’rinishdagi o’quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog’liq bo’lib, mutaxassislik yo’nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo’jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar. Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta‘lim texnologiyasiga ko’ra sinflarda o’quvchilarni o’zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o’qitiladi. Ta‘lim barcha fanlar bo’yicha hayot va tabiat bilan bog’lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog’lanishi doimo ko’zga tashlanib turadi. Oliy ta‘lim tizimi uch bosqichli: 1. Bakalavriat - 4 yil; 2. Magistratura - 2 yil; 3. Doktorantura - 3 yil. Bakalavr va magistr uchun o’qish Isroilda, doktorantura asosan Evropa va AQSH da amalga oshiriladi. Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta‘sir qiladi: 1. Ijtimoiy-madaniy omillar: ✓ jamiyatni ko’p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o’ziga xos madaniyatga ega); ✓ turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, xristianlar va ularning turli oqimlari); ✓ turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50, 70, va 90 - yillar). 2. Pedagogik omillar: 10 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 82. 24 ✓ texnologik ta‘limga o’tish; ✓ o’quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo’naltirilgan ta‘lim (ayniqsa o’rta va texnologik ta‘limda); ✓ o’quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi; ✓ mutaxassislarni tayyorlashdagi ko’p bosqichlilik. Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi. Birinchi yilgi ta’limni erta pog’onalarida, talabalarga aniq bir vazifa berilib, bu vazifa o’qituvchilar uchun talabalarda biron bir zaifliklari bor yoki yo’qligini aniqlash uchun diagnostik vosita bo’lib xizmat qiladi. Uning natijasiga qarab, kerak bo’lgan taqdirda, talabalar kerakli xizmat bo’limiga yuboriladi. Bunday testlar, biron bir ta’lim olishdagi zaifliklari (masalan disleksiya) bor bo’lishi mumkin talabalarni aniqlashga yordam beradi, masalan ingliz tilini qo’llashdagi ko’zga ko’rinar kamchiliklari, hisoblash muammolari yoki ularni vazifalarni vaqtida bajarish va o’z ishlarini tashkillashtirishdagi qobiliyatlarini erta ogohlantiruvchi belgilarini xam payqash mumkin. qachonki ushbu talabalarni markaziy xizmat bo’limi bilan tanishtirish yoki ularga o’qish dasturlari bo’yicha qo’shimcha ma’lumot ta’minlash imkoniyati bo’lganida, diagnostik testlar muhim bo’lishi mumkin. 14 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling