Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Alisher Navoiy
o’zining “Xamsa”, “Mahbubul-qulub” kabi yirik ta‘limiyahloqiy asarlarida, shuningdek “Munojot”, “Vaqfiya”, “Majolisun- nafois”, Muhokamat ul-lug’atayn asarlarida ta‘lim-tarbiya va bolani kamolga etkazishda kasb-hunar o’rgatishning ahamiyati haqida namunalar bilan izohlaydi. Sa‘diy bilim olish bilan birga hunarning ham inson uchun qay darajada afzalligini uqtiradi. CHunki, hunar qaynar buloq, tuganmas davlat, - deydi u, agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa qayg’usi yo’qdir. Hunarmand qaerga borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi. 11-rasm Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta o’quvchiga tarbiya byerishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nyechta o’quvchi-guruh jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab o’rgatadi. Bu jarayonda guruh rahbari ko’p mashaqqatlarga duch kyeladi. SHuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi. Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma‘naviyati va mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib shakllantirish va kasb-hunarga o’rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli mushohadalar olsa bo’ladi. To hozirgacha, saqlanib kelayotgan qator me‘moriy inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy san‘ati asarlari (naqqoshlik, ganchkorlik, me‘morchilik) arxeologik qazilma va izlanishlar tufayli topilgan hunarmandchilik buyumlarining barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb-hunar o’rgatishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo’lishiga oid bebaho materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi. 22 O’zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko’p bosqichli ta‘lim tizimiga o’tmoqda. Ta‘lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg’or tajribalar ta‘lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol hammamiz uchun o’ta muhimdir. Biz foydalanadigan ta‘lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o’rgatishi zarur. CHet el tajribalarini o’rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo’ladi. 12-rasm O’quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o’quvchilarning o’rtacha 2040 % attestat oladilar. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling