Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Tayanch so’z va iboralar: 
shaxs, individualism, kollektivizm, individ, 
individuallik, idrok, moslashuv, tarbiya, tafakkur, xarakter, “Men” obrazi,
biogenetic, ob’ektivlik, konsepsiya, metod, strategiya.
  
  
  
Insonni tavsiflovchi barcha tushunchalardan farqli o‘laroq, shaxs – ijtimoiy 
munosabatlar majmuini ifodalaydi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liq 
kategoriyalardir. Demak, har bir shaxsning psixologiyasida, uning fe’l- atvorida 
uni o‘rab turgan yaxlit jamiyatning: yaqin atrofidagi oilasi, qarindoshlari, yor-
do‘stlari, yashayotgan davri, zamoni, davlat tuzumi, jamiyatdagi ustuvor siyosat, 
iqtisodiyot, mafkuraning ta’siri bo‘lib, tu ta’sir uning yaxlit qiyofasida - turish-
turmushi, imidji, dunyoqarashi, fikrlash tarzi, tafakkuri, mentaliteti, tanlagan 
kasbida o‘z aksini topadi.
“Shaxs”
tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina savollar psixologiya 
fani tomonidangina emas, balki falsafa, pedagogika, sotsiologiya, kriminalogiya 
va boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi.
Psixologiyada 
«shaxs» tushunchasi 
eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar 
sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha 
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday 
olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan 
aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
 
1.
 
Psixologiyada shaxs va 
jamiyat o‘zaro 
munosabatlari muammosi.
 


30
Individualizm va kollektivizm o‘ziga yarasha imtiyozlarga va 
kamchiliklarga ega. Individualistik madaniyatdagi insonlar katta shaxsiy 
mustaqillikka egadirlar, ko‘proq o‘zlarining shaxsiy yutuqlari bilan 
faxrlanadilar, o‘z oilalariga kam bog‘langan va alohida yolg‘iz qolishni yaxshi 
ko‘radilar. Novatorlik va ijodiylik yaxshi qarshi olinada va har qanday inson 
huquqlari hurmat qilinadi.
 13
  
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, shu tashqi, 
ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so’ngra shu 
ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson 
bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy 
muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, 
huquq, axloq olamidir.
Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil 
tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, 
ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga 
bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Demak, “shaxs” 
haqida gapirganimizda, biz shu narsani hisobga olamiz, shaxs - ijtimoiy individ 
bo’lib, ijtimoiy munosabatlar, faoliyatlar va muomalaga kirishuvchi subyekt. 
Individ termini odamning biologik mavjudot ekanligini bildirsa, shaxs termini - 
uning ijtimoiy mavjudligidir. Shu ma’noda shaxs haqida gap ketganda, 
birinchidan, uni ijtimoiy hamda hamkorlik munosabatlari tizimida tasavvur qilish, 
ikkinchidan, 
uning 
muayyan 
ijtimoiy 
muhitlar 
ta’sirida 
shakllangan 
xususiyatilarini tavsiflash kerak bo‘ladi. Odamning ijtimoyligi uning biologik 
holati bilan ajratilgan emas. Shaxsning individligi boshidayoq kiritilgan va 
shaxsiy sifati keyinchalik yuzaga keladi. Kelgusida u yuqori shaxsiy darajasi 
bilan namoyon bo’ladi.
13
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 595-596- b.
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
2
2 - rasm   
Shaxs
-
ijtimoiy va shaxslararo 
munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning 
subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taalluqli 
bo’lgan eng muhim tasnif ham uning 
jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga 
bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga 
nisbatan ham obyekt, ham subyekt 
bo’lishlikdir.


31
XX asr psixologi va filosofi Erik Fromm shaxs tushunchasiga shunday ta’rif 
bergan. «Shaxsda shunday yaxlit tug’ma va orttirilgan psixik xususiyatlar borki, u 
individni xarakterlab beradi va qaytarilmasligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlari - 
temperament, qobiliyat, hissiy-irodaviy sifatlar va xarakterni o’z ichiga oladi. 
Ammo, shaxsning mohiyati - bu uning yo’nalganligi, uning motivatsiyalari, 
ijtimoiy munosabatlari va ustanovkalari (ko’rsatmalari), shu bilan birga albatta 
o’zo’ziga munosabatidir».
Mehnat tufayli hayvonot olamidan chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til 
yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga - 
voqelikni biluvchi hamda aktiv o’zgartiruvchi subyektga aylanadi. Shaxs 
tushunchasini to’la bilish uchun avvalambor, 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling