Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
shaxsning dinamik funksional buzilishini
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
shaxsning dinamik funksional buzilishini
ko’rib chiqamiz: 8-jadval 1. Ishonch va ishonchsizlik krizisi 1 yoshgacha davrdagi vaqt 2. Uyat va shubhaning aksi avtonomlashishi 2-3 yoshda 3. Shaxsning yo’naltirilganligi. Shakllanish usuli – tarbiya dunyoqarashi,e’tiqodlari,ideallari, intilishlari,qiziqishlari,istaklari 4. Shaxs tajribasi. Shakllanish usuli-ta’lim bilim, malaka, ko’nikma, odatlar 5. Psixik protsesslarning xususiyatlari. Shakllanish formasi – mashqlar diqqat,sezgi,idrok,xotira,taffakur, xayol,hissiyot,iroda 6. Biolopsixik xususiyatlar. Shakllanish formasi – trenirovka oily nerv faoliyatining tipi, temperament,layoqatlar,jinsiy farq Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan «psixoanaliz» nazariyasini psixodinamik, noeksperimental nazariyalarga kiritish mumkin. Bu nazariyada shaxsning butun hayoti olinib, shaxs sifatida uni ta’riflash uchun uni ehtiyoj va motivlari ko’rib chiqiladi. Gumanistik nazariya namoyondalari A.Maslou va K.Rodjerslar shaxs bo’lib shakllanayotgan insonga shaxsni mukammalashishining asosi o’z-o’zi aktivlashtirishga intilish asosiy xususiyat deb hisoblaydilar. «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o’xshash bo’lmagani singari, o’z navbatida, shaxs va individuallik birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o’xshash emas. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat bo’lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o’zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari aynan bir-biriga o’xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individning tizimi tarzidagi, ijtimoiy 33 fazilat sifatida qaraladigan psixologiya fanining ayrim yo’nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yo’nalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta’riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to’lig’icha o’z ichiga oladi va ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar. Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o’zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo’lishi inobatga olinadigan bo’lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jumladan, psixologiyada individuallikning ko’pgina xislatlari - moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o’ziga xosligini ko’rsatadi. Amerika psixologlarining ta’kidlashlaricha, odamlarning ongli ravishda xulosa chiqaradigan vaqtida xulosa miyaning harakatlanish uchun tayyorgarlik ko‘rish vaqtidan keyinroq sodir bo‘ladi, ya’ni miya xulosa chiqarish vaqtidan oldin unga tayyorlanar ekan. Ba’zi tadqiqotchilar odamning xulosa chiqarish jarayonining spektitsizmga (har narsaga shubha bilan qarashga) yoyishadi. Ko‘pincha qaror qabul qilish bosqichma-bosqich amalga oshadi, degan fikr ilgari suriladi. Xulosa chiqarishning yana bir faraz funksiyasi ongning keyin sodir bo‘ladigan ish –harakatga ayni bir vaziyat paydo bo‘lganda ishga tushishi haqida fikrlar berilgan . 14 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling