Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

“tarbiya” 
va
 
“moslashuv”. 
Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning 
ma’nomazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs 
tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa 
ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi 
mumkin. 
Ijtimoiy-psixologik 
moslashuv,
ya’ni, 
shaxsning 
ijtimoiy 
munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy 
ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.
Amerika psixologlari miya faoliyatining javobgarlik uyg‘otishga va faraz 
qilingan onglilikka bog‘liq bo‘lgan turli darajalarini farqlashadi. Fikrlash 


35
faoliyati, aqliy harakatlarning buzilishi yoki yo‘qolishi quyidagi holatlarda
kuzatilishini bir qancha tajriba va kuzatishlar natijasida aniqlangan:  
➢ 
tafakkurning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan
aqli zaif odamlarda va hayvonlarda uchraydi;  
➢ 
aqliy o‘lim yoki koma holatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi
stimullarga javob bermaydi, hattoki u og‘riq stimullari bo‘lsa ham,
keyinchalik, bir necha haftadan so‘ng, og‘riqqa yurak urishining tezlashishi
bilan javob qaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyqu va uyg‘oq 
holatda o‘zgaradi. Lekin, hattoki, uyg‘oq holatida ham miya faoliyati odatiy 
holatdan ancha sust ishlaydi;  
➢ 
minimal ongsizlik holati - bunda odam maqsadli elementar harakatlarni
amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu holat oylab yoki yillab davom etishi 
mumkin.
15
  
Yuqorida ta’kidlangan barcha munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi 
jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tushuncha sof ijtimoiy-psixologik va 
sotsiologik bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga 
berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik 
darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida 
insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, 
shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling