Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 3.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-maktabgacha ta`limni tashkil etish boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-Buxgalterning ish hujjatlari
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yi-ladigan malaka talablari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri: - maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; - maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; - ishonchnomalar beradi; - bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi; - maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi; - o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi; - maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlarini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi; - bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Nazorat savollar 1. Maktabgacha ta’lim mussasining ish hujjatlari haqida ma’lumot bering? 2. Maktabgacha ta’lim mussasining mudirasining ish hujjatlari nimalardan iborat? Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling