Guliston davlat universiteti r. Elmurodov., I. Maripov. Lazerlar fizikasidan


Download 160.9 Kb.
bet5/26
Sana02.11.2023
Hajmi160.9 Kb.
#1740952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari-fayllar.org

Laboratoriya ishlari № 1 

FABRI-PERO INTERFEROMETRI, SPEKTRAL QURILMASINI 
YUSTIROVKA VA FOKUSIROVKA QILISH. 
Kerakli asboblar:
Yorug‗lik manbayi He–Ne lazeri, penta-prizma, kondensor linza,
kollematorli obektiv, optik truba, Fabri-Pero interferometri, ochiltirguvchi
(proyavitel) va mustaxkamlovchi (zakrepitel) va fotoplyonka.
Ishning maqsadi: 
Optik elementlarni yustirovka qilish sirlarini o‗rganish. Fabri-Pero
interferometrini
yustirovka
qilish.
Interferension
manzaralarni
fotoplyonkaga qayd qilish. Interferension manzaralarni dispersion
egriligini chizish va o‗rganish.
ASBOB TO‗G‗RISIDA MA‘LUMOT
Har xil qutblanishdagi sochilgan nurlarning spektrini o‗rganish
uchun kerak bo‗ladigan asbobning sxemasi 1- rasmda ko‗rsatilgan. Biz bu
ishni bajarib shu tipdagi asboblarni yustirovka qilish sirlarini o‗zlashtirib
olamiz. Bu ishni 5 yetapga bo‗lish mumkin:
1- rasm. Asbobning sxemasi.
(1) Elementlarni bir optik o‗q bo‗ylab joylashtirish : (2) kollimator kamera
obyektlarini fokusirovka qilish; (3) Fabri-Pero interferometrini
yustirofka qilish, (4). Spektrlarni fotoplyonkaga qayd qilish; (5)
Interferension manzaralarning dispersion egriligini tuzish.

1 bosqich: Asbobni yustirovka qilish (optik elementlarni bir
optik o‗q bo‗ylab joylashtirish).
Odatda yustirovka qilishdan oldin (optik elementlarni balandlik
markazini bir xil balandlikda joylashtirish kerak). Lazerning korpusi



gorizontal joylashtirilgan bo‗lishi shart. Lazer korpusini qat‘iy gorizontal


qilib joylashtirilgan bo`lishi kerak.Lazer korpusini qat‘iy gorizontal qilib
joylashtirish ichiga suv to‘ldirilgan bir-biriga rezina trubasi bilan ulangan
shisha trubkasidan foydalaniladi, ya‘ni lazer nuri trubkadagi suv satxi bilan
parallel qilib qo‗yiladi. Keyinchalik stolikka pentaprizma joylashtiriladi.
Agar pentoprizma tushuvchi nurga nisbatan perpendikulyar qilib
joylashtirgan bo‗lsa, u yorug‗lik nurini 90
0
ga buradi.
Pentaprizmani to‗g‗ri joylashtirish uchun optik satxdan foydalaniladi.
Pentoprizma to‗g‗ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qilgandan keyin
ekranda 2 belgi qo‗yiladi. Shundan keyin qolgan optik elementlar qaytgan
2 nur bo‗yicha yustirovka qilinadi.
Agarda 2 nur bo‗ylab joylashtirilgan optik elementlar orqali o‗tgan nur 2
belgiga tushsa optik elementlar to‗g‗ri joylashgan bo‗ladi. Optik
elementlarni to‗g‗ri joylashtirib, harakatga keltiruvchi vintlar yordamida
amalga oshiriladi.

Download 160.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling