Guliston davlat universiteti r. Elmurodov., I. Maripov. Lazerlar fizikasidan
Download 160.9 Kb.
|
Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash texnikasi
- Dispersion egrilikni chizish
Kattalashtirishni tanlash
Chiziqlarni yuqori aniqlikda to‗g‗irlashga qarab ayrim optik kattaliklari mavjud. Agar chiziqlar qancha nozik va qancha siyrak bo‗lsa, shuncha ko‗p kattalashtirish maqsadga muvofiq. O‗ta kattalashtirishda o‗lchashlar o‗tkazish xam maqsadga muvofiq emas, chunki bunda emulsiyaning ayrim nuqtalari xam ko‗rinib qoladi. Bu esa ko‗zimizning shu nuqtalarning maksimumini aniqlashi yomonlashadi. Bu nuqtalar (zerna) esa spektral chiziqlar ichida joylashgan bo‗ladi. Shuning uchun olgan hisobotimizda xatolik juda katta bo‗ladi. O‘lchash texnikasi Chiziqning holatlini tug‗ri ulchash uchun uni mikroskopning namunaviy holatliga mos qilib joylashtirish kerak. Buning uchun okulyarda iplar sistemasi (nitey) mavjud bo‗lib bu iplar yordamida chiziqning holatli to‗g‗irlanadi. Keraklicha kattalashtirish tanlab olingandan keyin, mikroskop okulyarini shunday joylashtirish kerakki, unda okulyar iplar juda aniq ko‗rinishi kerak. Shundan keyin istalgan bir nozik spektral chiziq okulyar iplari orasiga joylashtirilib mikroskopning trubkasini optik o‗q bo‗ylab siljitib, spektral chiziqlarning aniq tasviri hosil qilinadi. Agarda iplar bilan spektral chiziqlarning tasviri ustma-ust tushmasa, okulyarga nisbatan o‗zgartirilsa ip chiziqqa nisbatan siljiydi. Bunday parallaktik siljishni mikroskopni foksirovkasini o‗zgartirib to‗g‗irlash mumkin. Uzoqdan yoki yaqindan ko‗radigan talabalar ko‗z oynakda ishlamasliklari kerak, ko‗zni korreksiya qilish okulyarni foksirovka qilish orqali amalga oshiriladi. Dispersion egrilikni chizish 3-rasmda ko‗rsatilgan shaklda okulyarning iplari ko‗rsatilgan. 4- rasmda holatlga plyonkani xarakatga keltirib erishiladi. Keyinchalik komparator shkalasidan mos kelgan qiymat yozib olinadi. Bu nuqta hisob olishning boshlanish nuqtasi bo‗ladi. Koretkani kichik qadam bilan siljitib, chap gorizontal riskani xalqalar markazdan chapda joylashgan. «2», «3», «4» xalqalarga to‗g‗irlash va xalqalar markazidan ungda joylashgan «4, «3», «2», «1» xalqalar mos ravishda ung gorizontal riskga to‗g‗irlash kerak. Interferension xalqalarning radiusini aniqlash uchun chap va o‗ng tomondagi bir xil nomerli xalqalarning orasidagi farq va shu qiymatlarning modeli ikkiga bo‗linib olinadi. Shundan keyin xalqaning radiusini interferometrining chiziqli dispersiyasidan bog‗liqlik grafigini tuzish kerak. ADABIYOTLAR 1. Zaydel A.N. i dr. Texnika i praktika spektroskopii. M., nauka 1976g 2. Malo‘shev V.I Vo‘vedenie v eksperimentalnuyu spektroskopii M., nauka 1979g 3. Optika i atomnaya fizika. Novosibirsk nauka 1983g NAZORAT SAVOLLARI 1. Ishning maqsadi. 2. Obyektiv qanday qilib foksirovka qilinadi. 3. Spektral asboblarning vazifasi va ularning qo‗llanilish sohalari. 4. Fabri-Pero interferension etalonining dispersiya sohasi nima? 5. Fabri-Pero etalonining ajrata olish qobiliyati qanday aniqlanadi? 6. Interferension xalqalarning radiusi qanday qilib o‗lchanadi? 7. Komparatorning ishlash prinsipi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling