Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
Guliston davlat universiteti “Universitet nashriyoti” 2021 yil 3 KIRISH Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish,uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish bo`yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak 1 . 2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash milliy dasturi 2 ning (keyingi o`rinlarda – Milliy dastur deb ataladi) maqsadi har bir insonning faol va sog`lom hayot uchun zarur bo`lgan etarli miqdordagi xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari uchun jismoniy va iqtisodiy imkoniyatga ega bo`lishi, mahsulotlarni sifatini yaxshilash, narxlar barqarorligini ta`minlash, importga bog`liqlikni kamaytirish, to`g`ri va sog`lom ovqatlanishni targ`ib qilish orqali aholining salomatligini ta`minlashdan iborat. Mazkur Milliy dasturda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: oziq-ovqat xavfsizligi – iqtisodiyotning holati bo`lib, bunda tashqi bozor konyukturasi va boshqa tashqi omillardan qat`iy nazar, davlatning barcha hududlarida aholini ratsional oziqlanishi uchun etarli darajada oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli ta`minlanishi va zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari yaratilishi; oziq-ovqat mahsulotlarining jismoniy jihatdan etarli bo`lishi (talabni ta`minlanishi) – ichki iste`mol bozorida qishloq xo`jalik mahsulotlari, xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining etarli bo`lishi va respublikaning barcha hududlarida aholini xarid imkoniyatiga ega bo`lgan holda barqaror ta`minlanishi; Don inson uchun aziz va betakror ne`mat bo`lib, u bashariyatning asosiy rizq-nasibasi, dasturxon ko`rki hisoblangan nonning qimmatli xom ashyosidir. Don tirik organizm ehtiyoji uchun kerak bo`lgan kraxmal, oqsil, vitamin va boshqa biologik faol moddalarning asosiy manbai hamdir. Ma`lumki, mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlarini nisbatan ko`proq iste`mol qiladi Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling