Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
5-LABORATORIYA ISHI
MAVZU:DONDAGI ARALASHMALAR MIQDORINI ANIQLASH ________________________________________________________________ Asosiy tushuncha: Don massasida aralashmlar qanchalik ko`p bo`lsa, qoidaga ko`ra, mikroorganizmlar soni ham shuncha ko`p bo`ladi. Biroq, aralashmalarning hamma fraktsiyalari ham mikroorganizmlar bilan ko`pincha, teshikchalarning diametri ø 1 mm bo`lgan elakdan o`tgan aralashmalar (ayniqsa, chang), buzilgan donlar, mineral va organik aralashmalar to`yinadilar. Yuqori namlikdagi va toza yig`ib olingan don partiyalarida ko`p mikroorganizmlar begona o`simliklarning urug`larida bo`ladi. Namligi va aralashmalarning miqdori bo`yicha bazis konditsiyalari talablariga javob beradigan bug`doyning 20 ta partiyasida barcha mirofloraning 31,5 % dan 66,4 % gacha qism aralashmalarda joylashganligi olimlar aniqlab berdilar. Har bir aralashma massasiga va asosiy don massasiga nisbatan mikroorganizmlar miqdorining solishtirma natijasi olish uchun bu mualliflar to`rtta partiya bo`yicha 0,01 g ga qaytadan hisoblaydilar. Hisoblashning bunday usulida ham mikroorganizmlarning eng ko`p miqdori buzilgan donlarda, mineral va organik aralashmalarda topildi. Mikroorganizmlarni organik va mineral aralashmalarida, shikastlangan donlarda va boshqa aralashmalarda ko`proq miqdorda joylashuvi ishlab 40 chiqarish sharoitlarida don massalarini tozalashda olingan natijalar bilan tasdiqlanadi. Begona va standart tomonidan don yoki begona qo`shimchalar toifasiga kiritilgan ayrim madaniy o`simliklarning urug`lari ham saqlash jarayonida nafas oladilar; ulardan yig`ib olingandan keyingi etiltirish jarayoni va ma`lum sharoitlarda o`sish jarayonlari borishi mumkin. Ularga don massasini tashkil qiluvchi asosiy o`simliklar urug`lariga xos barcha qonuniyatlarni tarqatish mumkin. Shuni eslatib o`tish kerakki, begona o`simliklar urug`larining namligi, oqibatda, ularni nafas olish tezligi saqlashning dastlabki davrida, asosiy o`simliklar urug`larinikidan ancha yuqori bo`ladi. Ulardan massasini namlanishga va o`z–o`zidan qizishiga olib keladi. Barcha bu sabablardan kelib chiqqan holda ayniqsa, begona o`simliklarning urug`larini hosilni yig`ib olgandan keyin darhol yoki donni qabul qilish korxonalaridan qabul qilish paytida chiqarib tashlash juda zarur. Agar bu ish qilingan bo`lmasa, don massasini saqlashning birinchi kunlarida tozalash kerak. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling