Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Ishning maqsadi: talabalarga don to`plamida begona va asosiy donga
mansub bo`lmagan boshqa don aralashmasi miqdorini aniqlash usullarini o`rgatish. Aralashma ko`rsatkichiga ko`ra donni ozuqa, em yoki texnik maqsadlarga tavsiya qilish bilan tanishish. Asbob va uskunalar: ajratadigan taxtachalar, shpatellar, g`alvir, bo`lgich apparati, texnik va analitik tarozilar, magnit, lupa, karton, don namunalari (har biridan 5 kg), qorakuya bilan ifloslangan bug`doy doni (qopchalarda), qorakosov shoxchalari bilan ifloslangan javdar doni namunasi, aralashmalar kollektsiyasi (begona don va zararli), temir zarrachalari bor (har qanday) don namunalari. Ishni bajarish tartibi: bug`doy, javdar, arpa, suli va sholini ifloslanishini aniqlashda 50 gr namuna tortib olinib, 6 mm li g`alvirda tozala-nadi. Shundan so`ng g`alvir to`plamini ustiga qo`yiladi va ifloslikni aniqlashga tushiladi. 1-vazifa. Buning uchun bir qator kattalikdagi g`alvirlardan foydalaniladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. 1 mm g`alvir va uni ostidan mayda donlarga 41 mo`ljallangan (bug`doy uchun 1,7x20, javdar uchun 1,4x20, arpa uchun 2,2x20 mm) g`alvirlar to`plami ustidan qopqoq bilan yopiladi. G`alvirlarni ustma-ust o`rnatishda cho`zinchoq teshiklari bir-biriga to`g`ri kelishi kerak. Elash qo`lda yoki mexanik usulda amalga oshiriladi. Qo`lda bir tekis elash tavsiya qilinadi. Elash kengligi 10 sm dan oshmasligi kerak. Elash vaqti har soniyada 2 marta elash tavsiya qilinadi. Har bir elakni aniqlash taxtasiga olinib qo`lda ajratiladi. Begona va donli aralashmasiga ajratiladi. Ajratilgan fraktsiyalar tortilib ularning miqdori quyidagi formulada aniqlanadi. Т Т Х % 100 1 bu erda: T 1 – aralashma fraktsiyasi, T – don og`irligining o`rtacha ko`rsatkichi Donda metall aralashmalarini aniqlash uchun 1 kg donni tekis joyga to`kiladi (qalinligi 0,5 sm bo`lishi kerak). Metall aralashmalarini magnit yordamida 3 marta ko`ndalangiga yurgizib tozalanadi. Har yurgizilganda magnit temirdan tozalanadi. Magnitni har tomonlama bug`doy sochmasining ichida yurgizish kerak. Shundan so`ng metallar 0,001 g aniqlikda tortilib, uning og`irligi mg bilan 1 kg donga taqsimlanadi. 5.1-jadval Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling