Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Agressiya - kimgadir zarar etkazishga yo‘naltirilgan jismoniy yoki verbal (nutqli) xulq. Dushmanlik agressiyasi
Download 1.08 Mb.
|
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Agressiya - kimgadir zarar etkazishga yo‘naltirilgan jismoniy yoki verbal (nutqli) xulq.
Dushmanlik agressiyasi - g‘azabdan paydo bo‘ladigan va shaxsiy maqsadga aylangan agressiya. Instrumental agressiya - biron-bir maqsadga erishish vositasi bo‘lgan agressiya. Ba’zi insonlar tug‘ilishidanoq o‘zining xarakterida agressiyaga moyillikni namoyon eta boshlaydi. Biroq bunday insonlar ham bolaligidanoq ma’naviy va psixologik nuqtai nazardan yaxshi va to‘g‘ri tarbiya qilinsalar, ular o‘zlarini agressiyani cheklash va birovlarga tahdid solmaslik darajasiga ushlab turishga erishadilar. Tabiiy agressiyaga moyillik o‘zini turlicha namoyon qiladi. Masalan, qariyalarning uzoq hayotdan charchash, kasalliklardan o‘zini ozod etish niyatidagi yaqinlari, qarindoshlariga nisbatan bo‘lgan agressiyasi, erning xotinga bo‘lgan besabab agressiyasi va o‘z xotinini vaqti-vaqti bilan urib turishni uni “tarbiyalash” usuli sifatida baholashi va o‘z “falsafasi”ga ishonishi, rashk oqibatidagi agressiya, 14-15 yoshli o‘g‘il bolalarning ko‘chama-ko‘cha jang uyushtirishlari - bular turli agressiya ko‘rinishlaridir. Mana shu hamma holatlarda o‘zini oshkora qilayotgan bosh xususiyatlardan biri o‘z fikri va qarashlarini zo‘ravonlik oqibatida boshqalarga tushuntirish, o‘zini ko‘rsatish, o‘z manfaatalarini singdirishga sayi-harakat hisoblanadi. ba’zi odamlar o‘z fikrini boshqalarga singdirishning zo‘ravonlik va agressiyadan boshqa usullarini bilmaydilar va qo‘llay olmaydilar ham. SHuning uchun ular uchun o‘z manfaatlarini muhofaza qilish - zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tabiatan agressiv odam – hayotda doimiy va abadiy konfliktogen hisoblanadi. Bu borada bir latifa ham mavjud. Ular boshqalarga qattiq emotsional tahdid solish va ularni azoblash hisobiga o‘z agressiyalaridan ozod bo‘ladilar. SHu bois, agressiv odam o‘z atrofidagilarga juda ko‘p kulfatlar olib keladi. Agressiv kayfiyat batamom yomonmi, yoki uning foydali tomonlari ham mavjudmi?! Ma’lum darajadagi ijobiy agressiya, biror bir maqsadga etish, o‘zini muhofaza qilish, biror bir narsani amalga oshirishdagi qat’iylik – zaruriy holat hisoblanadi. Qasd qilmasdan turib biror bir maqsadga erishib bo‘lmaydi. YA’ni, ma’lum bir darajagi qat’iylik insonga darkor bo‘lgan xislatlardan hisoblanadi. Umuman agressiv bo‘la olmaydigan odam xaraktersizlikda, landovurlikda, bo‘shlik, qat’iyatsizlik, o‘zini muhofaza qila olmaslikda ayblanadi. Tabiatan agressiv odamlar kamchilik hisoblanadi. SHu bois ko‘pchilik o‘zini faqat ma’lum bir vaziyat, ma’lum bir holarlardagina agressiv tutadi. Insonning bunday agressiv portlashi uning xuquqlari behad darajada buzilganligi, manfaatlari ziyon topganligi, biror tang holatdan chiqib ketish va qutilish yo‘llarini bilmaslik, yaqin odami bilan bo‘lgan bir-birini absolyut tushunmaslik holati, olingan konfliktogen holatda adekvat javob, agressiyaga agressiya bilan javob qaytarish kabilarda o‘zini namoyon etishi mumkin. Agressiyaga agressiya bilan javob berilishi holati – frustatsiya deb ataladi. Frustatsiya holatida o‘zini muhofaza qilish niyati va harakatlari agressiv javob tariqasida namoyon bo‘ladi. Frustatsiyaning eng yomon oqibatlaridan biri - nevrozlar hisoblanadi. Agressiv holatda uzoq turish inson salomatligining egovi hisoblanadi. Hursandlik, shodlik qanchalik inson umrini uzaytirishga xizmat qilsa, agressiv holat shunchalik inson umrini barbod etadi. Lev Tolstoy esa, “G‘azabda boshlangan narsa, odatda, uyatda tugaydi”, deb ta’kidlagan. Zo‘ravonlik – o‘zini boshqalar ustidan ustun qo‘yishning eng oliy va fojeali natijasidir. SHu bois, barcha, o‘zini ziyoli va ma’lumotli deb anglagan odamlar, zo‘ravonlikdan o‘zini tiyishni hayot qonuniyatiga aylantirishlari maqsadga muvofiыdir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling