Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Download 1.08 Mb.
bet2/92
Sana13.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1771025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

K I R I SH

Ushbu o’suv uslubiy majmua ijtimoiy psixologiyaning fundamental muammolari bo’lmish muloqot, guruhlar ijtimoiy psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari, uning jamiyatda ijtimoiylashuvi, jumladan, iqtisodiy ijtimoiylashuvi jarayonlari, boshqaruv psixologiyasi asoslari va uning tatbiqiy jabhalari bayon etilgan. Ijtimoiy psixologiyaning predmetiga oid turli qarashlar, rivojlanish tarixiga oid materiallar hamda ijtimoiy-psixologik jarayonlarni o’rganish usullari ham o’quv uslubiy majmuada o’z o’rnini topgan. Ilk marotaba axborot-psixologik xavfsizlik masalalari ijtimoiy psixologiyaning predmeti sifatida bayon etilib, turli kommunikativ xurujlar sharoitida shaxsning o’zini o’zi himoya qilish shartlari ilmiy jihatdan asoslangan. Zero, oliy o’kuv yurtlarida tahsil olayotgan bakalavr-talabalar hamda magistrlarning ijtimoiy xulq turli ko’rinishlari borasida aniq bilimlarga ega bo’lishi, yurtimizda psixologik xizmatni tashkil etishga oid ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi o’ta dolzarbdir.


Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. SHu ma’noda psixologiya fanining muhim tarmog‘i bo‘lmish sotsial psixologiya oldida turgan vazifalar ko‘lami va salmog‘i kattadir.
Sotsial psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, ushbu o‘quv- uslubiy majmuaning asosiy maqsadi insonning jamiyat bilan bo‘ladigan ko‘plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir. Ushbu o‘quv- uslubiy majmua yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o‘z atrofida ro‘y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o‘zi va o‘zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‘lmaslik, o‘z layoqatlarini o‘stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‘lishga yordam beradi.


1-MAVZU: SHAXS IJTIMOIYLASHUVI



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling