Ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabati bilan bolalardagi agressivlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar (%)
-
Bolalar guruhi
|
Ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabatlari
|
Agressiv bolalar soni
|
O‘g‘il bolalar
|
Qizlar
|
I
|
Kam jazolaydilar, kamdan-kam hollarda kechiradilar
|
4.3
|
13.1
|
II
|
Kamdan-kam hollarda kechiradilar, ko‘p jazolaydilar
|
20.0
|
19.0
|
III
|
Ko‘p kechiradilar, kam jazolaydilar
|
25.7
|
20.8
|
IV
|
Ko‘p kechiradilar, ko‘p jazolaydilar
|
41.0
|
38.1
|
N.B.SHepiyakova ijtimoiylashuv samarasi va ota-onalar kechirimliligi bilan bog‘liq o‘zaro munosabatni tahlil qilishga harakat qilib ko‘rgan. Uning xulosalari D.Krech, R.Kratchfild va N.Livson xulosalari bilan hamohangdir .
Ma’lumki, oilaning to‘liqligi, noto‘liqligi yoki qayta tuzilganligi ham bolalardagi agressivlikni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardandir.
Mashhur psixolog Gettingning “Oiladagi agressiv bolalarni o‘rganish” bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijasiga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va shu bilan birga voyaga etmagan jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko‘rsatib e’tirof etdi. Gettingning ta’kidlashicha to‘liq bo‘lgan oilalarda ham noto‘liq oilalarda ham sog‘lom yoki nosog‘lom oilaviy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir. Nosog‘lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qaratilganligi sababli ularda bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Bunday nosog‘lom oila muhitida voyaga etgan bolalar o‘ta agressiv, jizzaki, janjalkash bo‘lishi kuzatilgan.
Nazorat uchun savollar:
1.Agressiyaning psixologik nazariyalarini bayon eting.
2.Psixoanalitik yondashuv qanday yondoshuv?
3. Kognitiv yondashuv nima va qaysi olimlar tadqiqotlar o’tkazishgan?
4.Agressiyaning biologik nazariyalarida nimalarga e’tibor berilgan?
5.Etimologik yondashuv qanday yyondoshuv?
6.Sotsiobiologik va evolyusion yondashuvda nimalarga e’tibor qaratiladi/
7.Frustratsion agressiya nazariyasini bayon eting
8.Qo‘zg‘alishni ko‘chirish nazariyasida nimalarga e’tibor berilgan?
9. Ijtimoiy yondashuvlarda nimalarga e’tobor qaratiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |