Inson obrazining shakllanishi.
Odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining xususiyati sheriklarning belgili tizim vositasida bir-birlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, bunday axborot almashinuvi sherikning holati, hissiyoti va hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishini taxmin qiladi. Bunday vaziyatda muloqot belgisi mehnat quroliga o‘xshash vazifani bajaradi.
SHunday qilib, kommunikativ ta’sir bir kommunikantning boshqasiga uning hulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida ko‘rsatadigan psixologik ta’siridan o‘zga narsa emas. Kommunikatsiya samaradorligi bu ta’sirning, aynan, qanchalik ro‘yobga chiqqanligi bilan o‘lchanadi.
Istalgan axborot belgili tizimlar vositasida etkazilishi mumkin. Psixologiyada verbal (nutq) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan vositalar) kommunikatsiyu mavjud. Nutq kommunikatsiyaning universal vositasidir. Nutq insonning boshqalar bilan tabiiy til vositasida amalga shiriladigan muloqot jarayoni demakdir. Muloqot samaradorligi muloqotdagilar uchun umumiy tilni, shuningdek, ta’lim, umumiy madaniyat va nutq madaniyati kabi muhim bo‘lgan omillarni belgilab beradi. Verbal nutq muloqotning noverbal vositalaridan foydalanish bilan to‘ldiriladi.Psixologiyada noverbal muloqotning to‘rt xil shakllari mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika va vizual muloqot.
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |