Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Ijtimoiy nazorat vazifasi
Download 1.08 Mb.
|
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash vazifasi.
- 3. Pedagogik reabilitatsiyaning vazifasi.
- 4. Psixoprofilaktikaning vazifasi.
1. Ijtimoiy nazorat vazifasi.
Ijtimoiy nazorat funktsiyasi o‘z ichiga o‘smirning xulq-atvorini nazorat qilib boruvchi, unga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatuvchi kishilarning ishini o‘z ichiga oladi. Pedagogik-psixologik konsilium (PPK) jarayonida sinf rahbari, ota-onalar, o‘qituvchilar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. PPK o‘smirni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun eng yaxshi vosita va yo‘llarni aniqlaydi. CHunki beriladigan yordam maqsadga muvofiq bo‘lmasa, o‘smir xulqidagi o‘zgarishlarni chuqurlashtirishi, kattalar bilan uning orasidagi tushunmovchiliklarni ham ko‘paytirish mumkin. 2. Ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash vazifasi. Bu vazifa - shaxs o‘zi mustaqil ravishda engib o‘tolmaydigan, shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiluvchi sharoitlarni engib o‘tishda yordam berish. Bu borada pedagogik-psixologik konsilium bilim yurt rahbarlariga, o‘qituvchi-pedagoglarga, ota-onalarga ma’lum tavsiyalar berish lozim. 3. Pedagogik reabilitatsiyaning vazifasi. Bu vazifaning asosiy mazmuni o‘quvchining obro‘sining o‘qituvchilar, ota-onalar, do‘stlari orasida ko‘tarishdir. Ko‘pincha hulqida salbiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bolalarga nisbatan o‘qituvchi va guruhdoshlarida, xatto ota-onalarda ham ishonchsizlik hosil bo‘ladi. Undan ijobiy ish, ijobiy munosabat, yaxshi hulq kutmaydilar, faqat «yomonlik» kutadilar. PPK o‘quvchining faqat salbiy tomonini emas, balki ijobiy hislatlarini ham o‘rganib, uni o‘quvchining o‘ziga, ota-onalariga, pedagoglarga ko‘rsatishi, unga bo‘lgan ishonchini uyg‘otishi muhim vazifadir. 4. Psixoprofilaktikaning vazifasi. Pedagogik-psixologik konsilium tahlim muassasasi tibbiy xizmat xodimlari, psixologik va boshqa mutaxassislar ishtirokida o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini saqlash, ish qobiliyatini oshirish, o‘quvchilar orasidagi nizolarni kamaytirish, o‘quvchilarda paydo bo‘lgan ijtimoiy, psixologik muammolarni hal qilish kabi ishlar olib borish yo‘llarini belgilaydi. Bu borada quyidagi ishlar olib boriladi: — o‘qituvchilarning talabiga binoan o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, shaxsiy va xissiy xususiyatlari, ularning qiziqishlari va qobiliyatlari o‘rganiladi; — o‘quvchilar bilan individual ishlash rejalarini tuzib chiqib, o‘qituvchilar va ota-onalarga tavsiya qiladi; — o‘quvchilaring o‘z guruhiga moslashishini osonlashtiruvchi, o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish (o‘z-o‘zini baholash) ishlarini belgilaydi; — nizolar paydo bo‘lishining oldini olish uchun pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar bilan maslahat ishlari olib boradi. Pedagogik-psixologik konsiliumga xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlar ro‘y bergan, aqliy rivojlanishda kamchiliklar kuzatila boshlagan, an’anaviy tarbiya metodlari ta’sir qilmay qolgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari, do‘stlari, tarbiyachilar taklif qilinadi. Pedagogik-psixologik konsilium o‘quvchilarni, ota-onalarni yoki o‘qituvchilarni jazolovchi, ko‘rsatma beruvchi tashkilotga aylanib qolmasligi kerak. SHuning uchun pedagogik-psixologik konsilium olib boruvchilar yuqori mutaxassislar bo‘lishi kerak. Pedagoglar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, psixiatrlar, narkologlar, militsiya hodimlari pedagogik-psixologik konsiliumning doimiy ishtirokchilari bo‘lishi kerak. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling