Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet34/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1958 yil 21 dekabrda general Sharl de Goll umumxalq ovoz berish yo’li bilan respublika prezidenti etib saylandi. Frantsiyada Beshinchi Respublika tarixi boshlandi. 1959 yil sentyabrda de Goll Jazoir xalqining mustaqilikka ega bo’lish huquqini e’tirof etdi. Bunga javoban Jazoirda frantsuz kolonial armiyasi zobitlarining qo’zg’oloni boshlandi, lekin ushbu qo’zg’olonni bostirish uchun choralar ko’rildi.
8 yil davom etgan Jazoir urushi 1962 yil 18 martda bo’lib o’tgan Evian kelishuviga ko’ra o’z nihoyasiga etdi va Jazoir xalqiga mustaqillik qaytib keldi.
1962-1963 yillari Frantsiya va GFR o’rtasida bir necha shartnomalar imzolandi, bu ikki davlat o’rtasida yaxshi munosabatlar o’rnatildi.
1966 yil fevralda Frantsiya NATOdan chiqdi; 1968 yil avgustda esa o’zining birinchi vodorod bombasini sinovdan o’tkazdi.
De Gollning o’n yillik hokimiyati Frantsiya iqtisodiyotini mustahkamladi va uning xalqaro xolatini qayta tikladi. 1958 yildan 1964 yilgacha eng yirik 500 sanoat trestlarining daromadi 70%ga oshdi. Shu bilan birgalikda inflyatsiyaga va byudjet defitsitiga qarshi kurash bahonasida hukumat soliqlarni ko’paytirdi hamda gaz, elektroenergiya, transport, uchun to’lovlarni oshirdi, ijtimoiy sug’urta uchun nafaqalarni kamaytirdi. Ushbu yillar mobaynida ish haqi 32% ga oshdi, narx-navolar esa 42%ga. Mamlakatning qishloq aholisi qisqardi, har yili qishloqlarni 150 minggacha odam tark etardi.
De Goll hokimiyatining obro’si asta-sekin pasayib ketardi. 1968 yili ommaviy qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Parij ko’chalarida 3 mingdan ortiq talabalar jarohat oldi va qamaldi.
1969 yil aprel oyida de Goll iste’foga chiqdi va boshqa siyosatga qaytib kelmadi. Va 1970 yili 9 noyabrda 80 yoshida vafot etdi.
Nazorat savollari:
1. To’rtinchi Respublika davridagi mamlakat iqtisodiyoti va siyosiy xolatini ochib beradi.
2. Beshinchi Respublika davridagi mamlakat iqtisodiyoti va siyosiy xolatini izohlab beradi.
3. Frantsiya tashqi siyosatini hamda siyosiy xolatini tahlil qiladi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling