Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Jorj Bush ma’muriyatining to’rt yillik hukmronligidan keyin (1989-1993) 1992 yili demokratlar yana saylovda g’olib chiqdilar va Uilyam Klinton


Download 4.26 Mb.
bet30/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Jorj Bush ma’muriyatining to’rt yillik hukmronligidan keyin (1989-1993) 1992 yili demokratlar yana saylovda g’olib chiqdilar va Uilyam Klinton prezident etib saylandi. AQShda keskin ijtimoiy vaziyat yuzaga keldi. "Reyganomika" kichik doiradagi ishbilarmonlarning boyishiga olib keldi. Klintonning har bir ijobiy tadbirlari respublikachilar tomonidan qarshi qabul qilindi. Shunga qaramay Klintonning ijtimoiy siyosatini nazarda tutgan AQSh aholisi 1996 yili uni yana prezidentlikka sayladi.


Nazorat savollari:
1. 1945-1969 yillardagi AQSh ichki siyosatini izohlab bering.
2. 1969-1989 yillardagi AQSh ichki siyosatini sharhlab bering.
3. 1989-2000 yillardagi AQSh ichki siyosatini tahlil qilib bering.


3-asosiy savol:
50-90-nchi yillarda AQSh ning tashqi siyosati


3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Urushdan keyingi yillarda AQShning tashqi siyosati to’g’risida ma’lumot berish va ularni tahlil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:
3.1 Kennedi va Nikson ma’muriyatlarining tashqi siyosatini ko’rsatadi.
3.2 Karter va Reygan ma’muriyatlarining tashqi siyosatini sharhlab beradi.
3.3 Klinton va Bush ma’muriyatlarining tashqi siyosatini tahlil qiladi.


3-asosiy savolning bayoni:
J.Kennedi va D.Jonson ma’muriyatlari o’ziga xos tashqi siyosatni olib bordilar. Ayniqsa Kennedi davrida tezkorlik bilan qurol-aslaxalar sonini oshirish bo’yicha "musobaqa" boshlanib ketdi. E’tibor raketa-yadro quroliga berildi.
Jonson hokimiyati davrida esa Shimoliy Vetnamga qarshi urush boshlandi. Jonson buyrug’i bilan Vetnam shaharlari bombardimon qilindi va u erga 550 ming AQSh soldati yuborildi. Bu urush nima bilan tugaganligini yaxshi bilamiz. AQSh Vetnamni tark etishga majbur bo’ldi. 1973 yil 27 yanvarda Parijda Vetnamdagi urushni to’xtatish borasida Kelishuv imzolandi. Ushbu urushda 58 ming amerikaliklar xaloq bo’ldi.
Lotin Amerikasida esa har bir davlat Kuba bilan o’z xohishi asosida munosabatlarni o’rnatishga haqli ekanligini AQSh diplomatiyasi e’tirof etishga majbur bo’ldi.
Sovet-Amerika munosabatlarida ham keskin o’zgarishlar ro’y berdi: tinchlik asosida aloqalarni o’rnatish asosiy qoidaga aylandi.
80-nchi yillarga borib AQSh tashqi siyosatida Yaqin Sharq muammosi ham o’z ifodasini topadigan bo’ldi. Ushbu faoliyat mahsuli sifatida 1978 yil sentyabrida imzolangan Kemp-Devid Shartnomasi paydo bo’ldi. Ushbu Shartnoma Misr va Isroil o’rtasida, ya’ni Misr prezidenti A.Sadat va Isroil bosh vaziri M.Begin imzolagan shartnoma edi. Ushbu shartnoma butun arab dunyosi tomonidan qoralandi. Chunki bu shartnomada faqat Isroil manfaatlari ko’zda tutilgan edi.
Bundan tashqari, 1979 yil noyabr oyida Eronda islom inqilobining g’alabasi AQShni Yaqin Sharqdagi pozitsiyasiga putur etkazdi.
Ana shu yillari SSSR va AQSh o’rtasidagi munosabatlar ham keskinlashdi. SSSR tomonidan Afg’oniston hududiga cheklangan qurolli kuchlarini kirgizilishi bahona qilib olinib, Karter hukumati Moskvada bo’lib o’tgan Olimpiadaga o’z sportchilarini yubormadi.
Reygan davrida esa "sovuq urush" siyosatiga yangi kuch berishga hamda AQShning xalqaro munosabatlardagi ustunligini mustahkamlashga intilish paydo bo’ldi. AQSh bir necha davlatlarning ichki ishiga aralashdi. Masalan, Grenada va Nikaraguada qonuniy yo’l bilan saylangan hokimiyat ag’darib tashlandi.
Aynan shu davrda SSSR-AQSh munosabatlari bir oz yaxshilandi. 1986-1988 yillari SSSR va AQSh prezidentlari o’rtasida bir necha uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Prezident Klinton davrida ham AQShning dunyoda monopol holatini ushlab turish uchun harakatlar davom etdi. 1991 yilda, SSSR barbod bo’lganidan keyin, dunyo sahnasida AQShning raqibi yo’q bo’ldi. Va boshqa davlatlar bilan hisoblashmagan holda dunyo muammolarini hal qilishni o’ziga lozim ko’radigan bo’ldi (BMTni pisand qilmaslik, Iroq va Yugoslaviyani bombardimon qilish va hokazo).

AQSh Prezidentlari



1945-1953

Garri Trumen

1953-1961

D. Eyzenxauer

1961-1963

Djon Kennedi

1963-1969

L. Jonson

1969-1974

R. Nikson

1974-1977

J. Ford

1977-1981

Jimmi Karter

1981-1989

Ronald Reygan

1989-1993

Jorj Bush

1993-2001

Bill Klinton

2001-

Jorj Bush (o’g’li)




Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling