Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet29/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. Harbiy-siyosiy kompleks tushunchasini yoritib bering.
2. Ruzveltning "yangi kurs"i mohiyatini tushuntirib bering.
3. Liberalizm va konservatizm tushunchalarini tahlil qilib bering.


2-asosiy savol:
50-90 yillarda AQShning ichki siyosati.


Ikkinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
50-90 yillarda AQShning ichki siyosatini to’la ochib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
2.1 Trumen, Eyzenxauer, Kennedi va Jonson ma’muriyatining ichki siyosatini tahlil qiladi.
2.2 Nikson, Ford, Karter va Reygan ma’muriyatining ichki siyosatini izohlab beradi.
2.3 Bush, Klinton va kichik Bush ma’muriyatining ichki siyosatini tahlil qiladi.


2-asosiy savolning bayoni:
1952 yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachi D. Eyzenxauer g’olib chiqdi. 1953-1961 yillari davlatning ichki siyosatida o’zgacha fikrlaydiganlarga qarshi yurish boshlandi. Yurishni respublikachi-senator Makkarti boshqardi. Ushbu yurishda AQSh konstitutsiyasiga zid holatda progressiv fikrlovchi odamlarga qarshi kurash boshlandi. Ammo 1953 yil 20 avgustda SSSRda sinalgan birinchi vodorod bombasi hamda 1957 yil 4 oktyabrda birinchi sun’iy yo’ldoshning uchirilganligi AQSh harbiylarini ancha sarosimaga solib qo’ydi.
SSSRga qarshi olib borilgan siyosatga 1960 yil 1 mayda bo’lib o’tgan voqea nuqta qo’ydi. U - 2 Pauers.
1960 yil 16-19 mayda Parijda SSSR va AQSh rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tishi kerak edi, lekin AQSh Prezidenti D. Eyzenxauer 1960 yilgi voqea uchun uzr so’ramaganligi sabab N.S.Xrushchev Parijni tark etdi va muzokaralar mag’lubiyatga uchradi.
1960 yilgi prezident saylovlarida 43-yoshli demokrat Dj.Kennedi g’olib chiqdi. Kennedi hukumati iqtisodiy dasturining asosida ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan mablag’ni ko’paytirishga qaratilgan g’oya yotar edi. Ana shu dastur doirasida Kennedi ish haqining eng kam miqdorini ko’paytirishni, ishsizlarga beriladigan nafaqa muddatini cho’zishni, uy-joy qurilishini kengaytirishni, maorif va sog’liqni saqlash tizimini yaxshilashni va boshqa vazifalarni tavsiya etdi. Ushbu islohotlar soliqlar miqdorini ko’tarish evaziga katta mablag’ni talab qilar edi. Islohotlarni amalga oshirishda Kennedi va yirik korporatsiyalar o’rtasida ziddiyatlar kelib chiqdi. Keskin siyosiy qarama-qarshiliklar ro’y berdi va 1963 yil 22 noyabrda Kennedi Texas shtatida o’ldirildi. 36-nchi Prezident L. Jonson Kennedi kursini davom ettirdi va uning dasturi "Buyuk jamiyat" dasturi nomini oldi. Asosan qashshoqlik va irqiy adolatsizlikka qarshi kurash olib borildi.
Jonson ma’muriyati fermerlarga katta miqdordagi mablag’larni ajratdi. Umuman barcha ijtimoiy tadbirlarga 1964-1968 yillari 10 mlrd dollar ajratildi.
1968 yilgi saylovlarda esa respublikachilar partiyasi g’olib chiqdi. Prezident etib R.Nikson (1913-1994) saylandi. Lekin demokratlar har ikki palatada ham ko’pchiligini saqlab qoldilar. Bu davr AQShda chuqur iqtisodiy inqiroz davriga to’g’ri keldi. 1969 yilning ikkinchi yarmiga kelib sanoat ishlab chiqarishi pastga tushib ketdi, ishsizlik esa oshib ketdi. Pulning qadrsizlanishi hamda narx-navolar oshib ketdi. Yaqin Sharqdagi holat keskinlashishi bilan neftni ishlab chiqaruvchi davlatlar AQShga sotiladigan neft miqdorini keskin kamaytirdilar.
Hokimiyat tepasiga kelgan respublikachilar vaziyatdan kelib chiqib o’z siyosatini o’zgartirdilar, ya’ni neokonservatorlar paydo bo’ldi. Ularning dasturi bo’yicha iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida davlatning rolini oshirish kerak edi. Shunday qilib 1971 yil 15 avgustda Nikson "yangi iqtisodiy siyosat"ga o’tish dasturini e’lon qildi.
Narx-navolar va ish haqi muzlatib qo’yildi, davlat masraflari qisqartirildi va AQSh hududiga olib kirilayotgan mollarga 10-foizli to’lovlar joriy qilindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi to’sqinliklar olib tashlandi. Lekin bu tadbirlar holatni yaxshilamadi. Yangi iqtisodiy siyosat boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Lekin ijtimoiy soha bo’yicha Nikson hukumati ko’p ishlarni amalga oshirdi, ayniqsa nafaqalar to’lash 45%ga oshdi.
1972 yilgi saylovlarda Nikson yana g’olib chiqdi. Lekin saylovlardan keyin siyosiy mojarolar boshlanib ketdi. 1973 yili Uotergeyt ishi deb nomlangan siyosiy inqiroz paydo bo’ldi. 1972 yil iyunda demokratik partiya shtab-kvartirasida, "Uotergeyt" mehmonxonasida quloq solish uskunalarini o’rnatayotgan bir guruh odamlar qo’lga olindi. Bu ishda prezident Niksonning qo’li borligi aniqlandi. Va 1974 yil 9 avgustda Nikson iste’foga chiqishga majbur bo’ldi.
Prezidentlik lavozimini vitse-prezident J.Ford egalladi. U ijtimoiy sohaga byudjet tomonidan ajratiladigan mablag’lar miqdorini kamaytirdi.
1976 yilgi saylovlarda esa, Djordjiya shtatining sobiq gubernatori demokrat Dj.Karter g’olib chiqdi. Yangi hukumat harbiy masraflarni keskin ko’paytirdi va 1980 yilga kelib bu masraflar 130 mlrd dollarni tashkil qildi. Siyosiy doiralarda "yangi konservatizm" deb nomlangan kuchli harakat shakllandi. Davlat tomonidan ajratiladigan ijtimoiy masraflar kamaytirildi va harbiy masraflar esa ko’paytirildi. Bu holat albatta xalq ommasining noroziligiga olib keldi. Mamlakatda demokratik harakatning jonlanishi kuzatildi.
1980 yilgi saylovlarda g’olib chiqqan respublikachi R.Reygan neokonservatizm siyosatining lideriga aylandi. Prezidentlik lavozimini egallaganda uning yoshi 70da edi.
Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati "reyganomika" nomini oldi. Unga ko’ra yirik korporatsiyalardan olinadigan soliqlar kamaytirilardi, ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag’lar ham keskin kamaytirilardi. Reyganomikaning markaziy maqsadi - bu harbiy masraflarni ko’paytirish. 1987 yilga kelib bu masraflar 282 mlrd dollarni tashkil qildi.
AQSh ma’muriyati "yulduzlar urushi" dasturini e’lon qildi. Harbiy masraflar byudjet defitsitiga olib keldi: 1979 y.- 40,2 mlrd, 1983 y. - 207 mlrd va 1986 y. - 221 mlrd dollarni tashkil qildi.
Reygan ma’muriyatining iqtisodiy siyosati mamlakat sanoat ishlab chiqarishini keskin o’sishiga olib keldi. Ayniqsa, metallni qayta ishlash, elektrotexnika, transport mashinasozligi va avtomobil sanoatida keskin o’zgarishlar ro’y berdi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling