Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet25/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. GDRda tashkil topgan partiyalarga izoh bering.
2. GDRda iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yoritib bering.
3. Ikki Germaniyani birlashish muammosini tahlil qilib bering.


3- asosiy savol:
Birlashgan Germaniya muammolari.


3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Birlashgan Germaniya davlatida paydo bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ko’rsatib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
3.1 Birlashishdan oldin ikki Germaniyani iqtisodiy, ijtimoiy ahvolini ko’rsatadi.
3.2 Germaniya va yirik davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi.
3.3 Birlashgandan keyin Germaniyaning ijtimoiy va iqtisodiy xolatini ko’rsatadi.


3-asosiy savolning bayoni:
Gelmut Kolga birlashgan Germaniyaning ham kantsleri bo’lishiga taqdir etdi. 1989 yili Germaniyada inqilobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Demokratiya qayta tiklangan edi. Germaniyani parchalanishining va "sovuq urush" siyosatining yaqqol ramzi bo’lgan Berlin devori inqilobning birinchi kunlaridayoq buzib tashlandi. Birlashishni oqibatlari Germaniyaning ikki qismi uchun ham og’ir edi. Chunki GDRning iqtisodiy tizimi zararli va raqobatbardosh emas edi. Sharqiy Germaniyada ishlab chiqarilgan mollar o’z bozorini topa olmas edi.
GFR uchun eng og’ir muammo: bu - bozor iqtisodi asosida Sharqiy Germaniya sanoatini qayta tiklash edi. Sanoatni qo’llab-quvvatlash uchun GFR har yili 150 mlrd marka subsidiya berishga majbur edi. Taxminan aholining 13 % ishsiz edi.
1990 yil 31 avgustda GDR hududidagi 6ta erlarda mahalliy saylovlar bo’lib o’tdi. Germaniyaning birlashishini to’rt buyuk davlatlar - SSSR, AQSh, Angliya va Frantsiya bilan kelishish qolgan edi. SSSR bu o’rinda Germaniyani betaraf bo’lishini shart qilib qo’ydi, lekin boshqa uch davlat bunga rozilik bermadi, shunda SSSR kompromissga borishga majbur bo’ldi.
Germaniyaning birlashishi bir qator muammolarni ko’tardi. Birinchidan, sobiq GDRni davlat rejali iqtisodini bozor iqtisodiga aylantirish lozim edi.
Germaniyaning birlashishi uning urushdan keyingi tarixiy davrini yakunladi. GFR dunyo davlatlari hamjamoasining to’laqonli a’zosiga aylandi. Hozirgi kunda unga BMTning Xavfsizlik Kengashiga doimiy ravishda a’zoligini ta’minlash to’g’risida muzokaralar olib borilmoqda. G’arbiy Evropada, aholi jihatidan eng zich bo’lib qolib (81 million) va eng yirik iqtisodiy davlat xolatini saqlab qolgan holda, yangi Germaniya dunyoda o’z o’rnini topish harakatida bo’lmoqda.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling