Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet24/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1950 yil iyulida SEPGni III s’ezdi iqtisodiy rivojlanishni 5 yillik rejasini tasdiqladi. 5 yillik davrida 79 korxonalar tiklandi va 100 tasi yangi qurildi. Lekin ko’p vaqt o’tmay, mablag’ tanqisligi sezilib qoldi. Ijtimoiy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan rejalar qisqartirildi. GFR dagi iqtisodiy yutuqlar fonida GDR xolati achinarli edi. 1953 yili 16-17 iyunda hokimiyatga qarshi ochiq chiqishlar boshlandi.
GDR rahbariyati bir necha tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo’ldi: keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish kengaydi, narxlar biroz pasaydi va hokazo. 50-yillar davomida sanoatni "sotsializatsiyalashtirish" o’tkazildi, natijada sanoat milliylashtirildi, xususiy kapital esa umuman yo’q qilindi. Qishloqlarda yalpi jamoalashtirish boshlandi.
Ko’rilgan choralar natijasida iqtisodiy inqirozdan o’tib son ko’rsatkichlarni yaxshilashga erishildi. 1960 yildan 1983 yilga qadar sanoat maxsulotlarini yalpi ko’rsatkichi 3,5 barobar oshdi. Sanoat ishlab chiqarishining o’sishi iqtisodda davlat sektorini o’sishiga olib keldi. Aynan shu paytda qishloq xo’jaligi juda sust rivojlanar edi.
1971 yil may oyida SEPG birinchi kotibi etib Erix Xonekker saylandi. U mamlakatni iqtisodiy xolatini yaxshilashga va aholini hayot darajasini o’sishiga muvaffaq bo’ldi. Lekin bu xolat mamlakatni rivojlanishiga ta’sir ko’rsata olmadi. Xalq demokratiyani talab qilar edi. Aholi GFR hududiga qochib ketishga urinar edi. 1970-80 yillar ichida qariyb 1 million aholi GFRga qochib o’tdi.
1989 yil 7-9 oktyabrda Berlin, Drezden, Leyptsig va boshqa shaharlarda o’n minglab odamlar keskin o’zgarishlarni talab qilardilar.
1990 yil mart oyida ko’p partiyaviylik asosida o’tkazilgan saylovlarda XDS partiyasi g’olib chiqdi. XDS va sotsial-demokratlar namoyandalaridan tuzilgan hukumat Germaniyani birlashtirish masalasini qo’yishdi. GFR va SSSR o’rtasida German problemasini hal qilish borasida muzokaralar olib borildi. 1990 yil 12 sentyabrda GFR kantsleri G.Kol va SSSR prezidenti M.Gorbachyov Germaniya to’g’risida Shartnomani imzoladilar. Va 1990 yil 3 oktyabrda Germaniya yagona mamlakat bo’ldi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling