Nazorat savollari:
1. Birlashishdan ilgari Germaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko’rsating.
2. Germaniya, SSSR va AQSh munosabatlarini izohlang.
3. Birlashish jarayonidan keyin Germaniyani iqtisodiy va ijtimoiy xolatini tahlil qiling.
Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari:
1. GFRning NATOga a’zo bo’lishi va aloqalari.
2. GFRning Evropa integratsiyasidagi tashkilotlar bilan aloqalari.
3. «Sovuq urush» davrida GDR va GFR munosabatlarini
Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar:
1. Mag’lub Germaniyaning taqdiri masalasida g’olib davlatlar o’rtasida qarama-qarshiliklar paydo bo’lishi oqibatida Germaniya ikkiga bo’linib ketdi.
2. GFR siyosiy taraqqiyoti demokratiyaga, iqtisodiy taraqqiyoti ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslanganligi uchun tez suratlarda rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shildi.GDR ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan sovetcha yo’ldan borganligi uchun taraqqiyoti qarama-qarshiliklar girdobida qoldi.
3. G Kol rahbarligidagi GFR rahbariyatining sa’y-harakatlari AQSh va G’arb davlatlarining Germaniyani birlashtirish yo’lidagi tashabbuslari, Evropa integratsiyasining yanada rivojlanishi, shuningdek, har ikkalla nemis xalqining birlashishga intilishi tufayli ikki nemis davlati birlashdi. O’zini oqlamagan GDR tuzumi inqirozga uchrab yagona GFR tashkil topdi.Zamonaviy GFRning Evropa integratsiyasi va dunyo siyosatidagigi mavqei kuchayib bormoqda.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. G.A. Xidoyatov, X.G. Gulyamov. Vsemirnaya istoriya noveyshiy period Evropa i SShA posle vtoroy mirovoy voyno’. T.: 1999. 68-81, 118-121 betlar.
2. Nuriddinov Z.R. G’arb mamlakatlarining eng yangi tarixi. (1939-1971) T.,1976.
3. Istoriya noveyshego vremenistran Evropa i Ameriki.1945-2000. Pod red. E.F.Yazkova. M.: 2002.
4. Istoriya noveyshego vremeni stran Evropo’ i Ameriki (1945-1990). Pod red. prof. E.F.Yazo’kov. M.: 1993.
5. V.D. Kulbakin, B.A. Ayzin. Istoriya Germanskoy Demokraticheskoy respubliki. (1949-1973). M.:1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |